So’nggi yangiliklar

11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  0 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   0 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  1 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  1 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  5 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  11 07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  13 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  12 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  7 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  10 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  3 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  8

Futbolchi o'z agentining qallobligini fosh etdi Yangiliklar

Futbolchi o'z agentining qallobligini fosh etdi

Ilgari Qozonning “Rubin” jamoasida to'p tepgan 35 yoshli yarim himoyachi Salim Benashur mashhur futbol agenti Jorje Mendesh uning Rossiya jamoasiga o'tishidan qanchalik manfaatdor bo'lganligi haqida gapirib o'tdi.

Bu haqda u Franciya televideniyasi efirida to'xtalib o'tdi.

2006 yili Salim “Rubin” bilan shartnomaga imzo chekkan.  Ammo aslida u bundanda yaxshiroq shartnomaga ega bo'lish ham mumkin edi. O'shanda mashhur futbol agenti Jorje Mendesh tunislik futbolchiga uning oldida ikkita yo'l turganini taqidlab, biri “Rubin” bilan uch yillik shartnomaga imzo chekish, ikkinchisi “Sporting” bilan bir yillik kelishuv taklifi borligini malum qilgan. Agent futbolchi faoliyatining xavfsizligi nuqtai nazaridan Rossiya jamoasini tanlaganini aytib o'tgan. Salim “Rubin”ga o'tgach, oradan biroz vaqt o'tib, Benashurga “Sporting” ustozi Paulu Bentu qo'ng'iroq qilib, nima sababdan “Sporting” taklifidan voz kechib, “Rubin”ni tanlagani haqida so'ragan. Aynan Bentu bilan suhbatdan malum bo'lishicha,  aslida Portugaliya jamoasi Benashurga 25-30 ming evrolik maosh bilan birga uch yillik shartnoma taklif qilgan. Keyinchalik Salim Benashur “Rubin”dan o'zining transferiga oid hujjatlarni so'rab surishitirib bilishicha, uning transferi orqali Mendesh o'zining Kayman orollarida ruyxatdan o'tgan “Gestifute” kompaniyasiga hisobiga 500 ming evro tushirishga muvaffaq bo'lgan.

Benashur 2006-07 yillarda “Rubin” sharafini himoya qilib jamoa tarkibida 23 ta uchrashuvda 3 ta gol kiritgan. Keyinchalik Quvaytning “Al Qodisiya” jamoasi tarkibiga borib qo'shilgan.

Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика