So’nggi yangiliklar

19:29"Вильярреал" — "Барселона". Таркиблар маълум  2 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  5 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  2 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  0 17:22"Жирона" — "Атлетико". Таркиблар маълум  0 17:10"Ал Батаэҳ" — "Ал Наср". Таркиблар маълум  3 16:28"Реал Сосьедад" ўзига расман янги мураббий топди  4 15:58"Реал" Винисиус атрофидаги муҳитдан хавотирда  3 15:22"Астон Вилла" Мартинеснинг ҳолати фонида тер Штегенга қизиқиш билдирмоқда. Аргентиналик дарвозабоннинг белида муаммо бор  1 14:28Семеньо фаолиятини давом эттириш учун устувор вариантни танлади  1 14:02Довбик фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  2 13:15"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи  34 12:31Мбаппе Роналдуга мурожаат қилди: "У менинг дўстим ва кумирим"  7 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Атлетико", "Барса" МЮ ва бошқалар  0 11:54"Ливерпуль” "Барселона"нинг собиқ ҳимоячисига қизиқмоқда  0

Futbol jamoatchiligi Sayfiddin Irmatovni 70 yoshi bilan muborakbod etdi Yangiliklar

Futbol jamoatchiligi Sayfiddin Irmatovni 70 yoshi bilan muborakbod etdi

Teglar :  Sayfiddin Irmatov
Bugun O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi anjumanlar zalida sobiq hakam, nazoratchi va murabbiy Sayfiddin Irmatovning tavallud ayyomi bilan tabriklash uchun bir qator futbol mutaxassislari jamlanishdi.

Tadbir davomida Sayfiddin Irmatovning faoliyati davomida esda qolgan holatlar yig'ilganlar tomonidan eslandi. Yuz bergan qiziq voqealar va yoqimli lahzalar tadbirga kelganlarga aytib berildi.

Malumot o'rnida, Sayfiddin Irmatov butun faoliyati davomida xalq orasida “CHig'atoy” futbol maktabi nomi bilan mashhur bo'lgan Respublika futbol bo'yicha sport mahoratini oshirish oliy maktabida murabbiy bo'lib ishlagan. Tarkibida Server Jeparov, SHuhrat Mirxoldirshoev, Yaroslav Krushelnickiy, Yuriy Nikitov kabi futbolchilar bo'lgan O'zbekiston yoshlar terma jamoasiga bosh murabbiylik qilgan.

SHuningdek, tajribali mutaxassis ko'p yillar davomida futbol hakami va inspektor sifatida ham samarali ishlagan. U o'z faoliyati davomida ko'plab iqtidorli yosh hakamlarni tarbiyalashga o'zining uzviy hissasini qo'shdi. Uning shogirdlari orasida FIFA referisi, jahon chempionatlari rekordchisi bosh hakam Ravshan Ermatov, Abduhamidullo Rasulov kabi o'z sohasining taniqli mutaxassislarini uchratish mumkin.

Tadbir yakunida Sayfiddin Irmatov ko'rsatilayotgan etibor uchun chuqur minnatdorlik bildirib, bundan keyin ham mamlakatimiz futboli rivojiga ko'mak berishga tayyor ekanini takidladi.

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика