“Fulad” chempionlikka yanada yaqinlashdi
29 mar 2014 10:25
Yangiliklar
27 mart kuni Eron Pro-ligasining 28-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.
CHempionlikni qo'lga kiritishga yaqin turgan Ahvazning “Fulad” klubi 28-tur doirasida “Traktor Sozi” klubini qabul qildi va irodali tarzda g'alaba qozondi. Dastavval, 9-daqiqada Ansarifard tomonidan kiritilgan goldan so'ng “Traktor Sozi” jamoasi hisobda oldinga chiqib oldi. Lekin qolgan daqiqalarda kuchli iroda namoyish qilgan ahvazliklar 33 (penaltidan) va 73-daqiqalarda “Fulad”ga g'alaba keltiruvchi gollarga mualliflik qildi.
28-turdan so'ng “Fulad” 54 ochkoga ega va musobaqa jadvalida yakka peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi va uchinchi pog'onalarda 51 ochkodan jamg'arishgan “Piruzi” va “Naft Tehron” klublari borishmoqda. 4-o'rinni band etib turgan “Istiqlol” hisobida 50 ochko bor.
“Fulad” Eron chempionatidagi navbatdagi uchrashuvini 6 aprel kuni “Istiqlol”ga qarshi o'z maydonida o'tkazadi.

Fikrlar