Frenki de Yong MYUga o'tmoqchi emas
10 iyu 2022 00:54
Yangiliklar
Frenki de Yong MYUga o'tmoqchi emas
"Barselona" yarim himoyachisi Frenki dk Yong "Manchester Yunayted"ga o'tishga qarshi.
"Diario Sport" xabariga ko'ra, niderlandiyalikning asosiy maqsadi "Barselona"dagi faoliyatini davom ettirish bo'lib turibdi.
MYU avvaliga unga moliyaviy tomonlama ancha yaxshi taklif bilan chiqqan. Ammo uning Manchesterga borishga xohishi bo'lmayapti. Bunga asosiy sabab sifatida jamoaning ECHLga chiqa olmaganini aytgan. Ser Aleks ketganidan keyin klubda barqarorlik yo'q, jamoa uzoq vaqt davomida sovrinlarga ega chiqmagan.
SHu sababli maoshi pasayishiga qaramasdan u Xavi qo'l ostida o'ynashga tayyor. O'z navbatida "Barselona" ham qaror chiqarishni futbolchining o'ziga qo'yib bergan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar