Frankfurtda Germaniya futbolining kelajagi muhokamasi bo'lib o'tdi
22 avg 2018 15:36
Yangiliklar
Frankfurtda Germaniya futbolining kelajagi muhokamasi bo'lib o'tdi
Kecha Germaniyaning Frankfurt shahrida Yoaxim Lyov va bir qator etakchi klublar vakillari bilan Germaniya futbolining kelajakdagi o'zgarishlari borasida yig'ilish bo'lib o'tdi, deya xabar bermoqda "Kicker" nashri.
Nemis mashinasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov, "Bavariya", "Bayer", "Borussiya" D, "Volfsburg" hamda "SHalke" klubi vakillari o'rtasida o'tgan yig'ilishda Germaniya futbolining kelajakdagi o'zgarishlari muhokamasi bo'lgan. Unda har bir klub vakillari va Yoaxim Lyov aynan qaysi jihatlarni o'zgartirish kerakligi borasida o'z qarashlarini bildirishgan, muhokama qilishgan.
Germaniya terma jamoasining mundialdagi muvaffaqiyatsizligidan so'ng Germaniya Futbol Ittifoqi yangi akademiya qurish rejalari elon qilgandi. Endilikda Yoaxim Lyov va etakchi mutaxassislar ishtirokida Germaniya futbolining kelajakdagi o'zgarishlari muhokamasi bo'lib o'tdi.
Fikrlar