So’nggi yangiliklar

14:28"Интер" BYD билан ҳамкорлик қилади  1 14:00Эндрик 18 ёшида уйланди, Холанд Римда дам олмоқда. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 13:53Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  5 13:36Эшитдик-да! "Сўғдиёна" Люпчо Дориевга йирик миқдорда товон пули белгилаган  6 13:10Эшитдик-да! Рустам Турдимуродов "Сурхон"га ўтади  8 12:56"Ньюкасл" ҳимоячисини "Манчестер Сити"га қўйиб юбормоқчи эмас  1 12:31Расман: "Пахтакор" ироқлик ҳимоячи трансферини эълон қилди  4 12:19Манба: Тожикистон собиқ устози Сегрт Ўзбекистон терма жамоаси бошқарувига келиши кутилаётган Лёвга ёрдам бериши мумкин  14 11:54Асрор Алиқулов жамоадан кетгани йўқ — "Машъал"  1 11:34Қирғизистон клуби "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  2 11:21"Машъал" андижонлик футболчи билан шартнома имзолади  4 10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  4 10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  4 09:47"Хоразм" легионери билан хайрлашди  2 09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  2

FOTOMAQOLA: Denis Istominning Xitoydagi sarguzashtlari Yangiliklar

FOTOMAQOLA: Denis Istominning Xitoydagi sarguzashtlari

Teglar :  IstominTennisFOTO
O'zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin faoliyati davomida ikkinchi ATP turnirida g'oliblikni qo'lga kiritdi.

Xitoyning CHendu shahrida bo'lib o'tgan musobaqada hamyurtimiz barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, bosh sovrin sohibiga aylandi.

Etiboringizga sportchimizning ushbu turnirdagi sarguzashtlari aks etgan suratlarni taqdim etamiz:

Ilk bosqichda reytingda o'zidan yuqori turgan germaniyalik Yan-Lennard SHtruff mag'lub etildi. Yomon emas. Avval bunaqasi ko'p bo'lgan


O'yindan keyingi selfisessiya


Ikkinchi bosqichdagi raqib esa jiddiyroq edi. Turnirda uchinchi raqam ostida saralangan rossiyalik Karen Xachanov. U ham mag'lub etildi


CHorak finalda esa amerikalik Jared Donaldson turnirdan chiqarib yuborildi. Denis hazillashmayotgandi!


G'alabalar ko'paygani sayin, muxlislar ham ko'payib bordi!


Yarim final: Oson bo'lmagan o'yinda yaponiyalik Yuichi Sugita ham mag'lubiyatga uchratildi! Yana bitta o'yin qoldi...


Finalda esa kiprlik Markos Bagdatis kutib turibdi. Bahs yaxshi boshlandi!


Ammo kutilmaganda raqibning jarohati bezovta qilib qoldi. Markosning tura olmayotganini ko'rgan Denis uni oldiga yugurib bordi...


SHundan so'ng kiprlik tennischi o'yinni davom ettira olmasligi malum bo'ldi


Istomin: "Turnir g'olibi bo'lishni istagandim, lekin o'z g'alabalarim orqali. Raqibning jarohati evaziga emas"


Nima bo'lgan taqdirda ham Denis Istomin finalda g'alaba qozonib, 250 reyting ochko egasiga aylandi. Ushbu muvaffaqiyat bilan tennischimizni tabriklab qolamiz. Bunday sovrinlar yanada ko'payishini tilab qolamiz! Barakalla, Denis!

GettyImages suratlari asosida tayyorlandi

Muallif : Aziz Tukhtamuradov
Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика