So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

Fotomaqola. Anvar Soliev va Xayrulla Karimov faoliyatini boshlaganida... Yangiliklar

Fotomaqola. Anvar Soliev va Xayrulla Karimov faoliyatini boshlaganida...

O'zbekiston Kubogining ikkinchi finalchisi aniqlangan uchrashuvda qiziqarli suratlarni olishga muvaffaq bo'ldik.

To'raqo'rg'onlik ikki futbolchi, Xayrulla Karimov va Anvarjon Soliev O'zbekiston chempionatining faxriy futbolchilaridan biri hisoblanadilar. Hujumchilardan farqli ravishda himoyachilarning faoliyati uzoqqa cho'zilishini barchangiz bilasiz. SHuning uchun bo'lsa kerak, ikki tengdoshdan biri hamon asosiy tarkib azosi. Anvar Soliev esa zaxiradan maydonga tushyapti. Kecha bo'lib o'tgan "Bunyodkor" - "Paxtakor" uchrashuvida ikki futbolchi bir vaqtda maydonda harakat qildilar. Ularning orasida Viktor Karpenko ham bor edi. 




Xayrulla Karimov (1978 yil) 1996 yil oliy ligada faoliyatini boshlaganida Igor Sergeev (1993) endigina uch yoshga to'lgan edi.




"Bunyodkor"ning triosi - Eldor SHomurodov, Doston Hamdamov va Zabixullo O'rinboev golni nishonlayaptilar.




Agar "Paxtakor" o'z maydonida mag'lubiyatga uchramaganida, bu o'yindan umid qilsa bo'lar edi. Lekin "Bunyodkor"ning himoyasini yorib o'tish qiyin bo'lyapti. Jamoa "Lokomotiv"ni qanday mag'lubiyatga uchratgan bo'lsa, "Bunyodkor"ga shunday mag'lubiyatga uchradi.




Lushan Ronalduning ishqibozimi deyman ))




Bu vaziyatda Akrom Komilov yoshlar terma jamoasidagi do'sti Javohir Soxibovga nisbatan juda ham qo'pol harakat qilgandi. Yaxshi hamki Soxibov oyog'ini to'g'ri qo'ya oldi, aks holda... G'azabdagi Soxibov do'stiga murojaat qilyapti. Komilov esa, noto'g'ri ish qilganini payqagandek jim turdi. Qoyil qoldim, biron gap aytmay ketdi. Aybni tan olish ham mardning ishi! 




Anvar aka (shunday deymizda! 1978 yil tug'ilgan) faoliyatlarini boshlaganlarida Dilshod Jo'raev (1991 yil tug'ilgan) 4 yoshga to'lgan ekan.


Nodirxo'ja Yuldashev

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика