Fotih Terim to'rtinchi bor "Galatasaroy"ni tark etdi
10 jan 2022 21:47
Yangiliklar
Fotih Terim to'rtinchi bor "Galatasaroy"ni tark etdi
"Galatasaroy" bosh murabbiyi Fotih Terim o'z lavozimini tark etdi. SHartnoma tomonlarning kelishuvi bilan bekor qilindi.
Klub bayonotida mutaxassisga qilgan ishlari uchun minnatdorchilik bildirilgan va kelgusida muvaffaqiyatlar tilagan. 68 yoshli Fotih Terim murabbiylik faoliyati davomida to'rtinchi marta "Galatasaroy"ni tark etdi. U jamoa bilan birgalikda sakkiz marta Turkiya chempioni bo'ldi, uch marta mamlakat kubogi va besh marta Superkubogini qo'lga kiritdi. 1999/00 yilgi mavsumda "Galatasaroy" uning qo'l ostida UEFA kubogini qo'lga kiritdi.
Ushbu mavsumda klub Turkiya Superligasida atigi 12-o'rinda bormoqda. SHu bilan birga, jamoa Evropa ligasida o'z guruhida birinchi o'rinni egalladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
Fikrlar