So’nggi yangiliklar

18:49Тармоқларда ЖЧ-2026 тўпининг суратлари айланмоқда  0 18:43Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон". Таркиблар маълум  3 18:16"Андижон"нинг бўлажак рақиби ишончли ғалабага эришди  0 17:50Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Стоунзнинг майдонга тушиши сўроқ остида. Қолганлар ўйинга тайёр"  2 17:44Суперлига. "Сўғдиёна" - ОКМК 1:0 (матнли трансляция)  3 17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  11 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  14 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  7

football.com.ph: O'zbekistonlik futbolchilarni qay darajada o'rgandik? Yangiliklar

football.com.ph: O'zbekistonlik futbolchilarni qay darajada o'rgandik?

O'zbekiston Osiyoda kuchli oltilikka kiruvchi terma jamoadir. SHimoliy Koreyadan uchralgan 2:4 hisobidagi mag'lubiyatdan so'ng Mirjalol Qosimov o'z vazifasidan ketdi. Uning o'rnida Samvel Babayan ish boshladi.

Biz Sizlarga O'zbekiston milliy terma jamoasidagi asosiy futbolchilar haqida axborot beramiz:


# 19. Vitaliy Denisov (himoyachi)

O'zbekistonlik himoyachi top chempionatlardan birida Moskvaning "Lokomotiv" klubi sharafini himoya qiladi. Tashqi ko'rinishi "Barselona" futbolchisi Ivan Rakitichga o'xshaydi. Denisov o'z qanotidan hujum uyushtirishni yaxshi uddalaydi. SHuningdek, u autdan to'pni juda uzoqqa uloqtirib bera oladi.


# 9. Odil Ahmedov (Yarim himoyachi)

Terma jamoa sardorinining energiyasi juda ko'p. O'rtani o'ziga bo'ysundirib u erda erkin ijod qila oladi. Aynan uning reydidan keyin yamanliklar qo'pollik ishlatishdi va o'yindagi yagona gol urildi. 27 yoshda bo'lishiga qaramay, Rossiyaning faxriy o'yinchisiga aylanib ulgurdi. 3 yil davomida "Anji" safida faoliyat olib borgan futbolchi hozirda "Krasnodar" safida harakat qilyapti. O'z paytida Guss Xiddink qo'l ostida Eto'O va Karlos kabi yulduzlar bilan birga to'p tepgan.


# 30. Aleksandr Geynrix (Hujumchi)

Umumiy hisobda terma jamoada 28ta gol urgan futbolchi O'zbekistonning eng tajribali hujumchisi hisoblanadi. Yaman bilan o'yinda zaxiradan maydonga tushib o'yin taqdirini hal qildi. Bir necha yildan beri Qozog'iston chempionatida to'p tepyapti.


# 21. Aleksandr Lobanov (Darvozabon)

29 yoshli kiperning bo'yi 1.90 metr. "Paxtakor" posboni terma jamoada debyutini o'tkazdi. U asosiy posbon Ignatiy Nesterovning o'rniga maydonga tushyapti. Uning imkoniyatlarini yaxshi biladigan murabbiy asosiy tarkibga nima uchun qo'yayotganini bilish qiyin emas. Boisi murabbiy avval "Paxtakor"da ishlagan.


# 8. Server Jeparov (Yarim himoyachi)

Janubiy Koreda to'p tepayotgan hujumkor yarim himoyachi qitamizning sovrindor futbolchisi hisoblanadi. U ikki marotaba "Osiyoning eng yaxshi futbolchisi" deb topilgan. 


# 10. Sardor Rashidov (Yarim himoyachi)

O'zbekistonning Osiyo Kubogidagi to'purari. Yaman bilan o'yinda Rashidov chap qanotda vinger sifatida to'p tepdi. Ammo shu kuni undan omad yuz o'girdi. SHunga qaramay, u SHimoliy Koreya bilan bo'lgan o'yindan ko'ra yaxshiroq harakat qildi deb ayta olamiz.

Ko'rib turganingizdek, filippinlik jurnalistlar terma jamoamizni zimdan kuzatishgan va ularning futbolchilarimizga bergan tarifi to'ppa-to'g'ri. Bugun qiziq o'yin bo'ladigan ko'rinadi...


Filippinliklarni taxminiy tarkiblari quyidagicha ko'rinish oldi:


Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика