So’nggi yangiliklar

15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  1 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  5 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  0 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  3 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  31 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  3 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  29 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  6 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  1

Florentino Peres va Santyago Solari ikki soat dildan suhbat qurishdi Yangiliklar

Florentino Peres va Santyago Solari ikki soat dildan suhbat qurishdi

La Liganing 24-turi doirasida "Jirona"ga boy berilgan uchrashuvdan so'ng, Florentino Peresning jaxli chiqdi.

Manbaaning xabariga ko'ra, ispaniyaliklar Madrid restoranlaridan birida kech soat 21:30 uchrashishgan va 2 soat davomida dildan suhbat qurishgan. Uchrashuvda shuningdek klub direktorlari Xose Anxel Sanches va Ramon Martines ham ishtirok etishgan.

Peres va Solari jamoadagi holat va natijalar borasida gaplashib olishdi. Jumladan, Marseloning jamoadan ketishi mumkinligi, yosh iqtidor sohibi Vinisius Juniorning oyligini oshirish borasida maslahatlashib olishgan. Solarining keyingi taqdiri borasidagi masalada, Santyago bu jamoaning natijalariga bog'liq ekanligini tushunishini aytib o'tgan. 

Florentino Peres esa "Jirona"ga ochkolar sovg'a qilish rejada bo'lmaganini, natijada peshqadam "Barselona" bilan farq 9 ochkoga etgani, qo'shimchasiga "matraschilar" ham "Qirollik klubi"ni quvib o'tgani prezidentni qattiq ranjitganini yashirib o'tirmadi. Agarda jamoa asosiy raqib "Barselona"ga qarshi Kubok va La Liga doirasida yaqin ikki uchrashuvda (27 fevral va 2 mart kunlari) yutqazib qo'ysa, Solariga chiqish eshiklari ko'rsatilishini ochiq aytgan.  

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика