Flik Yamal qachon maydonga qaytishini malum qildi
29 noy 2024 18:58
Yangiliklar
Flik Yamal qachon maydonga qaytishini malum qildi
"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik kataloniyaliklar va Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Lamin Yamal La Liganing 15-turidan o'rin olgan "Las-Palmas"ga qarshi o'yinga tayyor ekanligini aytdi.
"Lamin Yamal qaytdi va o'ynashga tayyor. Hozircha u maydonga tushadimi yoki yo'q, bir qarorga kelganimiz yo'q, lekin u o'ynaydi", – dedi Flik.
Yamal ushbu mavsum La Ligada 12 o'yinda maydonga tushib, 5 ta to'p kiritdi va 7 ta golga assistentlik qildi, ECHLda esa 4 o'yinda qatnashib, 1 ta gol va 1 ta assist qayd etdi. 17 yoshli vinger "Barselona"ning so'nggi 5 ta uchrashuvini o'tkazib yuborgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar