Flik Arauxoning sotilishiga qarshi
21 iyu 2024 17:57
Yangiliklar
"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik himoyachi Ronald Arauxoning sotilishiga qarshi chiqdi. Bu haqda Sport.es xabar bermoqda.
Futbolchiga bir qator top-klublar davogarlik qilmoqda. Unga "Bavariya" katta qiziqish bildirgan.
Mish-mishlarga ko'ra, kataloniyaliklar taxminan 100 mln evrolik takliflarni ko'rib chiqishga tayyor. Biroq "ko'k-anorranglilar" ustozi urugvaylik futbolchiga umid bog'layapti va uni yo'qotishni istamayapti.
25 yoshli markaziy himoyachi o'tgan mavsum barcha turnirlarda 37 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urgan va 2 ta golga assistentlik qilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar