So’nggi yangiliklar

09:00Мбаппе ушбу натижага эришган тарихдаги иккинчи футболчи  0 08:32Португалия ЖЧ-2026 га чиққан тақдирда Роналду биринчи турни ўтказиб юборади  0 08:06"Ал Айн Кубоги". Бугун терма жамоамиз Салоҳ бошчилигидаги Мисрга қарши баҳс олиб боради  2 07:41ЖЧ-2026 саралаши. Африка қитъасида ярим финал учрашувлари бўлиб ўтди  0 02:42ЖЧ-2026 саралаш. Италия имкониятни сақлаб қолди, Франция ҳал қилди, Роналду қизил олди ва бошқа натижалар  16 01:26Оскар фаолиятини якунлаши мумкин  0 00:54"Бавария" Нойер билан шартномани узайтирмоқчи  0 00:38Камавинганинг ҳолатига бугун баҳо берилади  0 00:13U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон Хорватияга қарши ўйинга тайёргарликни давом эттирмоқда  0 23:57ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан йирик ғалаба, Холанддан дубль ва мавсумдаги 30-гол  3 23:32ЖЧ-2026 саралаши. "Омадсиз"лар дербисидаги биринчи ўйинда дуранг  3 23:07"Ал Айн Кубоги". Эрон Кабо-Вердени пенальтилар сериясида мағлуб қилди ва финалга йўлланма олди  5 22:53Машарипов умумий гуруҳ машғулотларига қайтди  4 22:28Абдулмалик Анваровнинг ҳолати қандай?  6 22:08Фабио Каннаваро: "Имкониятим бўлганда кўпроқ футболчиларни жалб этган бўлардим, аммо ҳозирча 26та футболчини чақира оламиз"  22

Final. Ravshan Ermatov - mutlaq etakchi Yangiliklar

Final. Ravshan Ermatov - mutlaq etakchi

Ertaga O'zbekiston kubogi joriy mavsumining yakunlovchi o'yini o'tkaziladi.

Samarqanddagi bahsni Ahrol Risqullaev boshqarishi malum qilingan edi. Bu 36 yoshli arbitr uchun ilk final.

O'zbekiston Coca-Cola kubogi. Final

4 dekabr, shanba

PAXTAKOR – NASAF

Hakamlar: Ahrol Risqullaev, Timur Gaynullin, Andrey Capenko, Rustam Lutfullin

Nazoratchi: Vladislav Ceytlin

VAR hakami: Ilgiz Tantashev

VAR assistent: Jahongir Saidov

VAR nazoratchisi: Valentin Kovalenko

Komissar: Aleksandr Davidenko.

Tarixga nazar solsak, O'zbekiston kubogining ortda qolgan 28 finalida 16 nafar bosh hakam ishlaganiga guvoh bo'lamiz. Ilk finalda (1992 yil) ishlash baxti marhum Gali Imomovga nasib qilgan edi. 

Rekord

O'zbekiston kubogi finallarida ishlash borasida mundiallar rekordchisi Ravshan Ermatovning oldiga tushadigani yo'q. Uning hisobida 5 ta final bor. Keyingi pog'onaga 4 tadan o'yin bilan Gali Imomov hamda Noil Lutfullin yozilgan.

SHuningdek, Ravshan Ermatov qatorasiga finallarda ishlash bo'yicha ham mutlaq rekordchi hisoblanadi (4). 2010-2013 yilgi mavsumlar hal qiluvchi bahslarining barchasini aynan Ermatov boshqargan edi.

Xorijlik referilar

Mamlakat kubogining hal qiluvchi o'yinida 2 bor chet ellik hakamlar ishlagan edi. Aniqroq aytsak, 2014 yil yakunida o'tgan "Lokomotiv" 1:0 "Bunyodkor" o'yinini Kim Dong Jin (J. Koreya) boshqargan. 2017 yilda poytaxtning yana o'sha klublari o'rtasida "Bunyodkor" stadionida o'tkazilgan va 3 yil oldingi hisob takrorlangan bahsda BAA vakili Muhammad Abdulla Hasan ishlagan.

Eng qattiqqo'l

Finallarda eng ko'p sariq kartochka Ravshan Ermatovning cho'ntagidan chiqqan (20 marta) bo'lsa, qizil kartochka ko'rsatish borasida Gali Imomov hamda Noil Lutfullin etakchi bo'lgan (3 tadan). Ammo penalti belgilash bo'yicha Temur To'xtasinov barchadan oldinda (2). U 2018 yilning 28 oktyabr kuni Farg'onada o'tkazilgan AGMK 3:1 "Paxtakor" bellashuvida har ikki jamoa darvozasi tomon 11 metrli jarima zarbasi belgilagan.

To'liq statistika


referifinals-kq-kpen
1Ravshan Ermatov52011
2Gali Imomov41430
3Noil Lutfullin41430
4Marat Ismoilov21220
5Rustam Saidov21110
6Rashid Aytekov1800
7G'ayrat Karimov1600
8SHerzod Qosimov1401
9Kim Dong Jin1310
10Muhammad Abdulla Hasan1500
11Sardor Najafaliev1411
12Dilshod Asimov1300
13Dmitriy Roman1300
14Temur To'xtasinov1502
15Vladislav Ceytlin1410
16Zokir Qodirov1101
17Ahrol Risqullaev----

Final. "Nasaf" "Paxtakor" bilan nechanchi marta to'qnashadi? 

Faxriddin Ro'ziev tayyorladi

Muallif :
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика