So’nggi yangiliklar

17:44Суперлига. "Сўғдиёна" - ОКМК. Таркиблар маълум  2 17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  2 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  11 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  6 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  4 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  5 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1

Filippin - O'zbekiston. Uchrashuv bosh hakami Piter Grin jamoalarimiz uchun qanchalik omadli? Yangiliklar

Filippin - O'zbekiston. Uchrashuv bosh hakami Piter Grin jamoalarimiz uchun qanchalik omadli?

Xabaringiz bor, Filippin va O'zbekiston o'rtasidagi o'yinni avstraliyalik Piter Grin boshchiligidagi hakamlar boshqarib borishadi.

Filippin - O'zbekiston
Hakamlar: Piter Grin, Bred Xobson, Metyu CHizman (uchalasi Avstraliya), Suhaizi SHukri (Malayziya)

Bu hakam 1978 yilda tug'ilgan va xalqaro faoliyatini 2006 yilda boshlagan. Grin jamoalarimiz ishtirokidagi 7ta uchrashuvda bosh hakam bo'lgan. Bu o'yinlarning 4tasida vakillarimiz g'alaba qozonishgan, bir bor durang o'ynab, ikki marta yutqazishgan.

Piter Grin boshqargan o'yinlar: 2008 yil o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati guruh bosqichida Bahrayn o'smirlari 2:1 hisobida mag'lub etilgan. JCH-2014 saralashi doirasida Toshkentda Qatar terma jamoasi 5:1 hisobida tor-mor etilgan.

OCHL-2009 guruh bosqichida "Paxtakor" o'z maydonida Eronning "Saba Bateri" klubini 2:1 hisobida mag'lub etgan. 2011 yilgi mavsum guruh bosqichida "sherlar" Saudiya Arabistoniga "Al Nasr"ga yirik hisobida imkoniyatni boy berib qo'yishgan - 0:4. 2015 yil OCHL guruh bosqchida "Paxtakor" Saudiya Arabistonida "Al SHabab" mehmoni bo'lib 2:2 hisobida durang o'ynagan.

2009 yil Osiyo chempionlar ligasi ilk turida "Bunyodkor" Toshkentda "Al Ittifoq"ni qabul qilib 2:1 hisobida zafar quchgandi. 2012 yil OCHL guruh bosqichida Qarshining "Nasaf" klubi BAAda "Al Jazira"ga qarshi o'ynab yirik hisobda mag'lub bo'lgan - 1:4.

Eslatib o'tamiz, Filippin - O'zbekiston uchrashuvi 8 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:00da boshlanadi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика