Filipp Lam: "Bavariya"ning ketma-ket o'ninchi chempionligini qo'lga kiritishi yaxshi emas"
25 apr 2022 22:02
Yangiliklar
Filipp Lam: "Bavariya"ning ketma-ket o'ninchi chempionligini qo'lga kiritishi yaxshi emas"
"Bavariya"ning ketma-ket 10 marta chempionlikni qo'lga kiritishi normal holatmi? Bu ko'rsatkich yaxshi emasligiga shubha yo'q. Klubning chempionlikni bunchalik erta qo'lga kiritgani "Bavariya" uchun ham yaxshi emas deb o'ylayman. Kurash kuchliroq bo'lishi kerak.
Xuddi shu jamoa qatorasiga bir necha bor chempion bo'lishi mumkin, ammo raqobat yanada jiddiyroq bo'lishi kerak. Bundesliga tomoshabinlarni oxirigacha xavotirda ushlab turishi va marraga to'rt tur qolganda chempion aniqlanmasligi kerak", - dedi Lam.
Eslatib o'tamiz, 2017 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan Lam "Bavariya" bilan 8 marta Bundesligada g'olib chiqqan.
Myunxenliklardan boshqa chempionni yodga oladigan bo'lsak, 2011/12 yilgi mavsumda Dortmundning "Borussiya" klubi "Bavariya"ni ortda qoldirib, oltin medallarni qo'lga kiritgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar