So’nggi yangiliklar

01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  5 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  2 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  3 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  3 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  1 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  2 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  1 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  26 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  3 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  5 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  3 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2

Figu, Neymar, Dembele va Koutino. Bular hech qachon Messi bo'la olmaydigan yigitlar Yangiliklar

Figu, Neymar, Dembele va Koutino. Bular hech qachon Messi bo'la olmaydigan yigitlar

“Barselona” hiyonatkorlar girdobida qoladimi? Kataloniyaning “Barselona” klubi Filippe Koutino bilan besh yillik shartnoma imzoladi. U yaxshi futbolchi, kataloniyaliklar o'yiniga ijobiy tus qo'sha oladigan figura.

Ayni damda “Barselona” bilan bog'liq uch yirik transfer va undagi bazi o'xshashliklar haqida fikr almashmoqchiman. Bunda siz ham o'z fikringizni yozib qoldirishingiz mumkin.

Diqqatimni tortayotgan jihat — futbolchilarning inqilobi. Usmon Dembele Dortmund “Borussiya”ni qanday tark etganini ko'rdik. U “Barselona” ishqida yongani uchun ham, o'zining amaldagi jamoasini behurmat qilishdan tap tortmadi. Murabbiy va rahbariyat bilan sen-menga borishi, mashg'ulotlarda ishtirok etmasligi va o'yinlarga bo'lgan munosabatidan bu yaqqol ko'rindi.

“Barselona” — har qanday futbolchi to'p surishni orzu qiladigan klub, bunisiga gap-so'z bo'lishi mumkin emas. Biroq dortmundliklar ham Dembelening bo'yniga arqon tashlab olib kelmagandi, uning uchun pul to'lagan, yaxshi niyatlar qilgan, kelishuvga ko'ra, o'z zimmasidagi shartlarni bajargan. Aytaylik, Usmon Kataloniyaga ketishni istardim, deb aytishi va kelishuv madaniyatiga ko'ra, “Borussiya” uchun borini berishda davom etishi mumkin edi. Agar u “Barselona”ga chindan ham kerak bo'lsa, ispan grandi “Borussiya” rad eta olmaydigan summadan qochmasligi katta ehtimol. 

Koutinoda ham shunday holat kuzatildi. Unda ham inqilobiy chiqishlar bo'ldi. U ham “Barsa” ishqida yashadi va amaldagi klubi haqida o'ylamay qo'ydi. SHularni eslab, Neymar “Barselona”ni qanday tashlab ketgani ko'z oldimdan o'tdi. Sizningcha, bular bir-biriga o'xshash manzaralar emasmi?

Ha, Neymar ortidan Kataloniya klubi katta pul ishladi. O'z navbatida “Barselona” ham Dortmund va Liverpul klublarini rozi qiladigan pulni to'ladi. Ammo gap futbol, erkakcha kelishuv va sadoqat haqida borganida, bu uch yulduzning hech qachon Messi, Totti yoki Jerrard bo'la olmasligini tushunish mumkin. Men ular jamoasida qolishi kerak demoqchimasman, biroq toki transfer amalga oshmaguniga qadar, uning yulduz bo'lishiga sabab klubga tupurib qo'yish ham yaramasa kerak. 

O'z vaqtida Figu “Barselona”ni Neymardan ham yomon ahvolda tashlab ketgandi. Negadir so'nggi vaqtlarda bu klub shu kabi futbolchilar bilan o'ralashib qolayotgandek. Bu bora-bora Messi, Inesta, Xavi kabi sadoqat timsollari bo'lgan futbolchilar o'rnini, qisman suyuqoyoq bo'lgan yigitlar egallashiga sabab bo'lmasa edi. Aytishadi-ku, kimning menga sotib, yonimda nom qozonmoqchi bo'lgan inson, vaqti kelib meni ham kimgadir sotib bermasligiga hech kim kafolat bera olmaydi, deb. 

P.S. Menga Koutino, Dembele va Neymarning o'yini juda yoqadi. Ular etuk futbolchilar. Balki keyingi avlod kim bilandir shartnoma tuzish oldidan, unga orzu jamoasi degan bandni kiritib qo'yishi kerakdir... Masalan, “agar meni “Barselona” so'rab qolsa, fikrimni albatta inobatga olasizlar”, degandek...

Muallif :
Reyting: +37   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика