FIFAning yurtimizdagi loyihalari
09 apr 2014 14:57
Yangiliklar

FIFAning yurtimizdagi loyihalari
Jahon futbolining bosh tashkiloti sanalgan FIFAning ishi faqat turli musobaqalarni tashkil etish va ular orqali moliyaviy tarafdan foyda ko'rishgina emas, balki har bir mamlakatda futbolning rivojlanishini kuzatib borish ham sanaladi.
U turli loyihalar yordamida har bir davlatda futbol infratuzilmasini yaxshilashga intiladi. Jumladan, har bir mamlakat futbol federaciyasiga bir yilda 250 ming AQSH dollari miqdorida mablag' ajratiladi.
FIFA oxirgi yillarda futbol uchun yaratilgan sharoitlarni imkon qadar barcha hududlarda yaxshilashga harakat qilmoqda. SHu maqsadda har yili federaciyalarga 250 ming dollar pul beriladi. Bundan tashqari, eng zarur loyihalar uchun qo'shimcha pul ajratadi. SHu tariqa futbol tashkiloti olayotgan foydadan hech bir associaciya bebahra qolib ketmaydi. Masalan, O'FFga 2006 yildan buyon “Gol” loyihasi asosida 4 loyihani amalga oshirish uchun 1 million 700 ming dollar mablag' berilgan. Bundan tashqari, har yili futbolning turli yo'nalishlarini rivojlantirish maqsadida malum summa taqdim qilinadi. So'nggi 4 yilda uning miqdori 1 million 550 ming AQSH dollariga teng bo'lgan. Demak, o'rtacha har bir yilda bizga berilayotgan mablag' miqdori 500 mingga teng bo'lyapti. O'rtacha olganda, albatta. Bu yomon ko'rsatkich emas. FIFA bu pullarni berib, barchasini shunchaki tashlab qo'ymaydi. Audit tekshiruvi orqali o'sha pullar qay darajada to'g'ri sarflangani tekshirib ko'riladi. SHundan keyingina navbatdagi loyihalar uchun yo'l ochiladi.
Quvonarlisi shundaki, bir necha kunlar avval FIFAning “Gol” loyihasi to'rtinchi bosqichi boshlanishi haqida malumot paydo bo'ldi. Unga ko'ra, O'FF binosi majmuasida plyaj futboli uchun maydon qurib bitiriladi, shuningdek, majmuaning sharoitlari yanada yaxshilanadi. Terma jamoa uchun avtobus xarid qilinishiga oid harajatlar ham ushbu loyiha smetasiga kiritilgan. Loyiha bilan batafsilroq tanishing:
Texnik markaz
Loyihaning tasdiqlanish vaqti: 2014 yil 19 mart
Loyiha hududi: O'FF binosi majmuasi, Toshkent
Loyiha malumoti: O'FF texnik markazi va idorasi majmuasini plyaj futboli maydoni va kiyinish xonalari bilan taminlash, elektr transformeri va tashqi elektr liniyalari tizimi, tabiiy gaz olib kelish va rezervuar barpo etish. Terma jamoa uchun avtobus xarid qilish.
Loyiha raqami: 4
Loyiha holati: faol
Qiymati: 500000 dollar
Bundan avval FIFA O'FF suniy qoplamali maydoni, O'FF texnik markazi va Samarqanddagi futzal majmuasi uchun “Gol” loyihasi asosida pul ajratgandi. Ularning qiymati ham salmoqli miqdorda bo'lgan.
“Gol”ning avvalgi loyihalari
- Samarqandda futzal majmuasi qurilgan. Uning qiymati 414870 dollardan iborat bo'lgan. Barcha mablag' FIFA tomonidan ajratilgan.
- O'FF qoshidagi texnik markaz qurib bitkazilgan. Loyiha qiymati 400 ming dollarni tashkil qilgan.
- O'FF binosi oldidagi suniy qoplamali maydon ishga tushirilgan. Uning qiymati 385130 dollardan iborat. Mablag' FIFA tomonidan ajratilgan.
Bu loyihaning to'rtinchi bosqichi qanday tugashini yaqin vaqt ichida bevosita ko'rish imkoniyatiga ega bo'lamiz. “Gol”dan tashqvri har yili federaciyalar uchun malum miqdorda pul beriladi. 2013 yilda 250 ming dollar ajratilib, ular quyidagicha taqsimlangan:
Yoshlar futboli - 19000
Erkaklar musobaqalari - 17000
Ayollar futboli - 45011
Futzal va plyaj futboli - 23764
Rejalashtirish va mamuriyat - 118989
Boshqalar - 26236
Jami: 250000
O'sha pullar futbolning barcha yo'nalishlariga birdek taqsimlanishiga FIFA harakat qiladi. Oldingi yillarda mos ravshida 500, 550 va 250 ming miqdorda summa O'FFga berilgan. Bu pullarga qo'shimcha tarzda har yil uchun FIFAning rasmiy hamkori sanalgan “Adidas” milliy associaciyalarga futbol to'plari taqdim qiladi. 2011-2014 yillarda shunday to'plardan 960tasi topshirilgan. Ularning 480tasi 4, qolgan 480tasi 5-o'lchamdagi to'plardir.
Yuqoridagi raqamlardan bilish mumkinki, FIFA imkon qadar barcha mamlakatlarga futbolni taraqqiy toptirish uchun moliyaviy yordam berib kelmoqda. Futbolning eng katta tasir kuchiga ega hodisagani aylangani, uning sport turlari ichida qirol ekanligi barcha mamlakatlarda allaqachon milliardlar o'yiniga aylanib ulgurgan futbolni rivojlantirishga qilinayotgan urinishlar tobora ortib borishiga sabab bo'lmoqda.
SHu o'rinda FIFA va OFK doirasidagi xalqaro uchrashuvlarni boshqarib borish uchun jalb qilinayotgan hakamlarimiz ro'yxatini ham keltirib o'tsak. 2014 yil uchun 7 nafar bosh va 10 nafar yordamchi hakamlar nomlari tasdiqlangan. Ayollarda esa bu ko'rsatkich uch nafardan. Futzalda 2, plyaj futbolida 1 nafar hamyurtimiz o'yinlarni boshqarishga chaqirilmoqda. Ermatov va Kovalenko allaqachon klublar va terma jamoalar ishtirokidagi eng muhim bahslarni boshqarib borishyapti. Ceytlin va Tantashv esa OFK Kubogidagi o'yinlarda hakamlik qilishga ulgurishdi. Xalqaro miqyosda hakamlarimizga bo'lgan ishonch va ularning hurmati kun sayin oshib bormoqda desak mubolag'a bo'lmaydi.
Erkaklar
Bosh hakamlar
Aziz Asimov 1981 yilda tug'ilgan, 2013 yildan FIFA hakami
Ravshan Ermatov 1977 - 2003
SHerzod Qosimov 1988 - 2014
Valentin Kovalenko 1975 - 2002
Murod Muhammedov 1980 - 2013
Vladislav Ceytlin 1971 - 2002
Ilgiz Tantashev 1984 - 2013
Yordamchi hakamlar
Timur Gaynullin 1982 - 2014
Rafael Ilyosov 1973 - 2001
Abduhamidillo Rasulov 1976 - 2005
Mamur Saidqosimov 1978 - 2008
Jahongir Saidov 1979 - 2010
Ruslan Serazitdinov 1983 - 2012
Husniddin SHodmonov 1976 - 2010
Andrey Capenko 1987 - 2012
Alisher Usmonov 1984 - 2010
Ayollar
Bosh hakamlar
Edita Mirobidova 1984 - 2009
Nigora Muhammadieva 1986 - 2014
Anna Sidorova 1984 - 2013
Yordamchi hakamlar
Zilola Rahmatova 1979 - 2013
Dilfuza Ro'zieva 1986 - 2013
Kristina Sereda 1985 - 2013
Futzal hakamlari
Sergey Petrov 1981 - 2013
SHuhrat Po'latov 1975 - 2009
Plyaj futboli hakami
Baxtiyor Namozov 1974 - 2009
Qilayotgan hamma ishlarida ha FIFAni oqlab bo'lmasa-da, lekin ushbu tashkilot futbolni ommalashtirish va rivojlantirish uchun katta ishlar amalga oshirayotganini inkor etib bo'lmaydi.
Behzod NAZAROV.

Fikrlar