So’nggi yangiliklar

19:25"Манчестер Юнайтед"нинг Лига кубоги 2-босқичидаги рақиби аниқланди  1 18:58"Манчестер Сити"нинг янги футболчиси 10-рақамли либосни олади  0 18:30"Одил Аҳмедов ФА" U-16 "Реал", "Динамо" Тбилиси ва "Црвена Звезда" билан ўйнайди   1 18:12"Атлетико" "Ал Насср" аъзосига даъвогар  0 17:44"Реал" собиқ футболчиси Туркия клуби билан музокаралар олиб бормоқда  0 17:15"Истанбул Башакшеҳир" Файзуллаев учун ЦСКАга пул ўтказолмаяпти  12 16:52"Бухоро" "Хоразм" билан муроса кўчасини танлаган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 16:35"Динамо" футболчилари микст-зона орқали ҳаракатланмади, "Навбаҳор" стадиони ходими захира ўриндиғи ёнига туриб олди, "Қўқон-1912" "Бобур Арена"га киришда муаммога дуч келди — Лига комиссарлари билдиргиси  4 16:18Гринвуд "Ал Насср"га қўшилиши мумкин  3 15:55"Нефтчи" посбони, 1:0 ҳисобида ютган мураббий, дублга эришган ҳужумчи — Суперлигада 18-турнинг энг яхшилари   3 15:41Элдор Шомуродов "Викинг"га қарши баҳсдан сўнг нималар деди?  6 15:13Суперлига 18-тур рамзий терма жамоаси  6 14:46"Манчестер Сити" Родриго борасида "Реал" билан музокараларни бошлади  2 14:18"Барселона" янги мавсум олдидан катта йўқотишларга учради  14 13:49"Челси" КЖЧдаги бонусларини Диогу Жотанинг оиласига хайрия қилади  6

Fidoyi inson xotirasini yod olib Yangiliklar

Fidoyi inson xotirasini yod olib

Teglar :  Qahramon Musaev
Xorazm viloyatining Bog'ot tumanidagi 1-son futbol bo'yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati stadionida 2003-2004 yillarda tug'ilgan yosh “charm to'p” ustalari o'rtasida voha futboli rivojiga munosib ulush qo'shgan Qahramon Musaev xotirasiga bag'ishlangan turnir bo'lib o'tdi.

Xonqa paxta tozalash akciyadorlik jamiyati, viloyat futbol federaciyasi va boshqa tashkilotlar hamkorligida uyushtirilgan mazkur musobaqada Qoraqalpog'iston Respublikasining 2004 yillarda tug'ilgan o'smirlar terma jamoasi, Buxoro viloyatining Peshku tumani futbol yo'nalishidagi maktab-internati, shuningdek, Xorazm viloyatining  12 ta, jami 14 ta jamoa g'oliblik uchun maydonga chiqdi.

Dastlab o'yinlar to'rt guruhda olib borilib, o'z guruhlarida birinchi va ikkinchi o'rinni olgan jamoalar qura natijasiga ko'ra chorak final juftliklarini hosil qilishdi.

CHorak final.
UOZK(Urganch shahri) – “Qoraqalpog'iston-2004”(Nukus) – 4:0.
“Binokor”(SO'EAIBO'SM,Urganch shahri)–“Xonqa-1”(Xonqa tumani) – 0:0(pen.1:3).
FMI(Xiva tumani) – “Yoshlik” (SO'EAIBO'SM, Urganch shahri) – 0:1.
1-son FMI-1(Bog'ot tumani) – 5-son FMI(Urganch shahri)  – 0:1.

Yarim final.
“Xonqa-1” – UOZK – 0:3.
 “Yoshlik” – 5-son FMI – 0:1.

Final.
UOZK – 5-son FMI – 2:0.

SHunday qilib, Urganch olimpiya zaxiralari kollejining UOZK jamoasi futbol faxriysi Qahramon Musaev xotirasiga bag'ishlangan turnirning 2017 yilgi g'olibiga aylandi. 5-son FMI tarbiyalanuvchilari shohsupaning ikkinchi pog'onasini egalladi. “Xonqa-1” va  “Yoshlik” jamoalari mos ravishda uchinchi o'ringa loyiq ko'rildi. G'olib va sovrindor jamoalar va eng yaxshi futbolchilar tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi.

 TURNIRNING ENG YAXSHI FUTBOLCHILARI:
“Eng yaxshi darvozabon” – Oleg Gumenyuk(“Binokor”).
“Eng yaxshi himoyachi” – Inomjon Matyusupov(“Yoshlik”).
“Eng yaxshi yarim himoyachi” – SHohrux SHomurotov(5-son FMI).
“Eng yaxshi hujumchi” – Jamshil Ollaberganov(UOZK).
“Eng yaxshi futbolchi” – Mardon Beknazarov(1-son FMI-1).

Ikrom XUDOYBERGANOV.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика