Fernandesh: "Manchester Yunayted" buyuk ishlarga qodir"
07 mar 2023 10:32
Yangiliklar
Fernandesh: "Manchester Yunayted" buyuk ishlarga qodir"
"Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Brunu Fernandesh "Liverpul"dan uchralgan tarixiy mag'lubiyatdan (0:7) so'ng "qizil iblislar" muxlislarini ko'nglini ko'tarishga harakat qildi.
"Biz qanchalik yaxshi ekanligimizni va bugun o'z darajamizni ko'rsata olmaganimizni bilamiz. Bilamizki, jamoa juda yaxshi. Bu safar unday emasdi, lekin ishonchim komilki, bu jamoa buyuk ishlarni amalga oshirishga qodir.
Muxlislarga qo'llab-quvvatlaganliklari va o'yinlardan so'ng barcha baholari uchun minnatdorchilik bildirishim kerak – hattoki asosiy raqibimizga yutqazganimizda ham ular bizni yolg'izlatib qo'yishmadi.
Biz hali ham Evropa Ligasi, Angliya Kubogidamiz. Liga Kubogini qo'lga kiritdik va biz oldingi o'zanga qaytishimiz kerak", – dedi Brunu Fernandesh.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
Fikrlar