Ferdinand: "Manchester Yunayted" kamida ikki yilga sovrinlarni unutib turishi kerak"
01 mar 2022 19:48
Yangiliklar
Ferdinand: "Manchester Yunayted" kamida ikki yilga sovrinlarni unutib turishi kerak"
MYU sobiq himoyachisi Rio Ferdinand "qizil iblislar"ning yaqin kelajakdagi istiqboliga baho berdi.
"Rangnik keldi, lekin tez orada jamoada murabbiyni almashtiradi va yana boshqa futbol uslubiga ko'nikish kerak. Bu navbatdagi to'ntarish bo'ladi. Menimcha, "Manchester Yunayted" kamida ikki yilga sovrinlarni unutib turishi kerak.
Yangi murabbiyga ishonish kerak. Ha, xatolar bo'ladi, biroq uni qo'llab-quvvatlash va ishlash uchun kamida ikki yil berish muhim. Bir vaqtning o'zida qayta qurish va g'alaba qozonish mumkin emas. Bunaqasi sodir bo'lmaydi", – dedi Ferdinand.
"Yunayted" 27 turdan so'ng APL turnir jadvalida 4-o'rinni egallab turibdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
Fikrlar