So’nggi yangiliklar

22:13"Эвертон" Жек Грилиш бўйича қарор қабул қилди  0 21:26Ла Лига. "Реал Мадрид" қийин ўйинда "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, мадридликлар 32-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  50 21:06Суперлига. Бир киши кам бўлиб қолган "Пахтакор" "Нефтчи"ни мағлуб этди  215 21:03"Бешиктош" — "Истанбул Башакшехир". Таркиблар маълум  18 20:36"Вест Хэм" — "Тоттенхэм". Таркиблар маълум  0 20:13"Ювентус" — "Интер". Таркиблар маълум  8 20:04"Персеполис" — "Фулад". Таркиблар маълум  3 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  11 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  21 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  2

Ferdinand: “Bu mavsum natijalarini bekor qilish lozim” Yangiliklar

Ferdinand: “Bu mavsum natijalarini bekor qilish lozim”

“Manchester Yunayted”ning sobiq himoyachisi Rio Ferdinand koronavires pandemiyasi tufayli APL bahslarini muddatidan oldin tugatish haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Mening fikrimcha, ushbu mavsum natijalarini bekor qilish lozim. Bilaman, ko'plab “Liverpul” fanatlari  bu gaplarimdan keyin “Manchester Yunayted”ni qo'llash maqsadida shu fikrlarni bildirdi” deb aytishi mumkin. Gap bunda emas, shunchaki bu mavsumni qanday tugashini taxmin qilolmayapman. Tavakkal qilish vaqti emas. Hammasi oddiy. 

Barcha o'yinlar yopiq eshiklar ortida o'tgan taqdirda ham, maydonda futbolchilar harakat qilishadiku?! Ular inson emasmi? Koronavirus ularni o'z domiga tortishi mumkinku. Futbolchilari bu kasallikdan to'liq xalos bo'lmasliklari yoki biror bir boshqa futbolchiga virusni yuqtirishlari ham mumkinku. SHu sababli mavsumni davom ettirish to'g'ri qaror bo'lmaydi.

Qolaversa, stadionlarda arenada xizmat qiluvchi xavfsizlik xizmati xodimlari va boshqalar bo'lishadi. Hamma xavotir ostida bo'ladi. Bu mavsumdagi barcha ambiciyalarni unutish kerak. Gap hayot-mamot  masalasi haqida, insonlar taqdiri haqida ketmoqda. Bunday holatda futbol ikkinchi “plan”da bo'ladi. Eshiting, biz barchamiz futbolni yaxshi ko'ramiz. Men futbolni sevaman. Ammo bu hayot yoki o'lim emas. Qachonki vaziyat shungacha etib boradigan bo'lsa, siz odamlar sog'lig'ini hammasidan ustun qo'yishingiz lozim. 

Mavsumni yangidan boshlash kerak. Bu borada vaziyat ijobiy tomonga o'zgarishi bilan biz yangi mavsumni kelgan joyidan davom ettirsak bo'ladi. Ammo bu voqea yaqin orada ro'y berishiga men ishonmayapman. 

Agar keyingi oydan hammasi o'z holiga qaytsa, mamlakat normal hayot tarziga o'tsa, mavsumni kelgan joyidan davom ettirish mumkin. Ammo bizga aytilayotgan gap so'zlarga qaraganda, bu holat bu yaqin vaqt ichida ruy bermasligi mumkin”, deya Ferdinand o'z fikrlarini Instagramdagi sahifasida bildirib o'tdi.

Reyting: -20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика