So’nggi yangiliklar

20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  120 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  4 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  18 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  3 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  4 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  1 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  17 17:44Кьеза Италия терма жамоасига чақирувдан бош тортдими?  3 17:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси стадионга етиб келди  1 16:57"Динамо" "Қизилқум" футболчисига қизиқиш билдирмоқда  2 16:30Дешам Саудия Арабистонидан таклифлар олганини тасдиқлади  0 16:07Ямаль Испания терма жамоаси қайдномасидан чиқарилди  6 15:46"Нефтчи" чемпион бўлган охирги мавсумда ўзбек ва дунё футболи қандай эди?  25 15:34Ўзбекистон ампутантлар терма жамоаси ЖЧ йўлланмасини муддатидан олдин ҳал этди!  6 15:18Ўзбекистон U-19 чемпионати — Осиёда йилнинг энг яхши ёшлар лигаси  1

Fayzullaevning goli qoidaga mos tarzda bekor qilindimi? Superliganing 8-turidagi hakamlik faoliyati tahlili Yangiliklar

Fayzullaevning goli qoidaga mos tarzda bekor qilindimi? Superliganing 8-turidagi hakamlik faoliyati tahlili

Tur doirasida bahsli vaziyatlar kam bo'ldi.

Championat.Asia saytining hakamlik faoliyati bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev («Alyo, ref!» Telegram kanali muallifi) Superliganing 8-tur uchrashuvlaridagi bahsli vaziyatlarni tahlil qildi.


✅ «Paxtakor» - «Andijon»

VIDEO

Gol qoidalarga mos ravishda bekor qilindi: «Paxtakor» futbolchisining hujum chog'ida qo'pollik ishlatganini guvohi bo'lishingiz mumkin. To'p u uchun kurash paytida yiqilgan «Andijon» himoyachisi turgan zona bo'ylab harakatlandi. VAR vaziyatga to'g'ri aralashdi.


✅ «Qizilqum» -  «Bunyodkor»

VIDEO

Ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan odatiy qoidabuzarlik sodir etilgan. «Qizilqum» o'yinchisi to'pga birinchi ulgurdi, «Bunyodkor» himoyachisi esa kechikdi va raqibning tizzasiga o'ynadi. Klassik penalti, hakam to'g'ri qaror qabul qildi.


✅ «Qizilqum» -  «Bunyodkor»

VIDEO

«Qizilqum» hujumchisi vaziyatda yiqilish jarayonini mohirona amalga oshirdi. Biroq harakat davomida himoyachi yanglish ravishda raqib oyog'ini ilintirib oldi. Aynan shu lahza muvozanat yo'qolishiga sabab bo'ldi. Penalti to'g'ri belgilandi.


✅ «Qizilqum» -  «Bunyodkor»

VIDEO

Hakamning qaroriga qo'shilaman. "Bunyodkor" hujumchisi raqibdan o'zib ketdi va to'pga o'ynadi. Himoyachi epchillikni yo'qotib, yuqoriga harakat qilish orqali hujumchining oyog'iga tegdi. Istiqbolli hujum yo'q, shu bois hech qanday sankciya qo'llamagan holda penalti belgilanishi lozim.


✅ «So'g'diyona» - OKMK

VIDEO

Himoyachining harakatida qoidabuzarlikni ko'rmayapman — odatiy to'p uchun kurash. To'g'ri, biroz aloqa mavjud, biroq yuqori qavatdagi kurashda bunday holatning sodir etilishi muqarrar edi. Hakam to'g'ri qaror qabul qilib, yo'q joydan «penalti» o'ylab topmadi.


✅ «Neftchi» - «Nasaf»

VIDEO

VAR va hakam uchun videoni kuzatgandan keyin ochiq-oydin namoyon bo'lgan vaziyat. "Nasaf" himoyachisining qo'li perpendikulyar holatda tana maydonining oshishiga xizmat qildi. Hakam o'yinchilar to'plangan holatda vaziyatda ko'ra olmadi, VARni kuzatganidan keyin esa unda shubha qolmadi — penalti. VAR vaziyatga to'g'ri aralashdi, hakamning qarori ham maqbul bo'ldi.

SHu tariqa, Superliganing 8-turi doirasidagi o'yinlarda barcha oltita bahsli epizodning barchasida to'g'ri qaror qabul qildi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика