So’nggi yangiliklar

17:52Расман: Манчини Қатар клубида иш бошлади  0 17:30Франция бугун масалани ҳал қила оладими ва Грузиянинг сўнгги имкони! Барчаси терма жамоаларнинг топ ўйинлари ҳақида  0 17:10Мисрлик журналист: "Ўзбекистонга қарши учрашув Африка Кубоги учун услубни синовдан ўтказиш имконияти дегани. Салоҳ Месси эмас"  1 16:46"Реал" стадиони номига ўзгартириш киритди  3 16:20Кристенсен: "Умид қиламанки, "Барселона"да қоламан. Менда Б режа йўқ"  1 15:51Жеррард Англия жамоаси бошқарувига келиши мумкин  0 15:27Ўзбекистонлик ҳакамлар Португалия – Бельгия баҳсида ишлайди  1 14:53Ҳоланд, Нету, Винисиус Европанинг энг тезкор футболчилари қаторидан жой олди  4 14:25Мбаппе Упамеканони "Реал"да кўришни хоҳлайди  1 13:58"Челси" собиқ футболчиси юрак муаммолари туфайли касалхонага ётқизилди  0 13:32Ўзбекистон – Миср учрашуви дуранг билан якун топса, экстра таймларга мурожаат қилинадими?  3 13:05Ўзбекистон МТЖ иштирокидаги мусобақа ТВда кўрсатиладими?  6 12:41Лапорта Флик шартномани узайтиришига ишонади  0 12:37U-17 Жаҳон чемпионати. Интизомли, мустаҳкам ва самарали жамоа — Ўзбекистоннинг бўлажак рақиби ҳақида  8 12:13"Барселона" афсонаси молиявий фирибгарликда гумон қилинмоқда  3

Faxriylar o'rtasida katta turnir. Bugun qura tashlash marosimi o'tkazildi Yangiliklar

Faxriylar o'rtasida katta turnir. Bugun qura tashlash marosimi o'tkazildi

Yurtimizda faxriylar futboliga ham alohida etibor qaratilmoqda.

SHu yilning 25 dekabr hamda 2022 yilning 15 yanvar oralig'ida Toshkentda faxriylar o'rtasida turnir bo'lib o'tadi. Musobaqa O'zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining 30 yilligi hamda "14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan tashkil qilinmoqda. 

Bugun 16ta jamoa ishtirok etadigan mazkur turnirga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi. Qura tartibiga ko'ra, faxriylar o'rtasidagi chempionatda kuchli sakkizlikni egallagan jamoalar keyingi sakkiztalik jamoalar orasidan o'z raqiblarini bilib olishdi.

 


25 dekabr, shanba

9:00. "Sardor Veteran" - "Uzinter"

10:00. "Olmazor" - "Olimp"

11:00. "Burgut" - "SardorUz"

12:00. "Evrotim" - "Billur"

26 dekabr, yakshanba

9:00. "Spartak" - "Qoraqamish"

10:00. "Polyot" - "Faxr"

11:00. "Metrostroy" - "O'zgarish"

12:00. "Intersport" - "Yunusobod"

Demak, dastlabki bosqich o'yinlari 25-26 dekabr kunlari "Obod" stadionida bo'lib o'tadi. Musobaqa reglamentiga ko'ra, g'oliblar keyingi bosqichga yo'l oladi, mag'lublar turnir bilan xayrlashadi. Birinchi bosqich yakunlangach, keyingi bosqich uchun alohida qura tashlanadi. 

Musobaqa Toshkent shahar futbol associaciyasi tomonidan tasdiqlangan "Faxriylar o'rtasida futbol musobaqalarini o'tkazish" reglamentiga binoan o'tkaziladi. Reglamentga amal qilmagan jamoa(lar) turnirga qatiyan qo'yilmaydi. Musobaqada 1982 yil tug'ilgan va undan katta futbolchilar ishtirok etadi. 


Qura marosimida O'zbekiston "VETERAN" jangchi faxriylar birlashmasi rais o'rinbosari Sultonov Rustam Sultonovich so'zga chiqib, barcha ishtirokchi jamoalarga omad tiladi. SHuningdek, musobaqaning asosiy tashkilotchisi - O'zbekiston "VETERAN" jangchi faxriylar birlashmasining sport ishlari bo'yicha rais maslahatchisi Nuriddin Boboev jamoalarni musobaqa reglamenti bilan tanishtirib o'tdi. Qura tashlash marosimida taniqli sobiq hakam Rustam Saidov va ishtirokchi jamoalar murabbiylari ishtirok etdi. 

Mazkur musobaqaning bosh tashkilotchisi O'zbekiston "VETERAN" jangchi faxriylar birlashmasi bo'lib, turnir Toshkent shahar futbol associaciyasi, Mudofaa Vazirligining faxriylar ishlari bo'yicha Markaziy kengashi va boshqa tashkilotlar hamkorligida o'tkaziladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика