Farruh Sayfiev: "Murabbiyning ko'rsatmalarini to'liq bajardik"
12 iyu 2023 13:17
Yangiliklar
Farruh Sayfiev: "Murabbiyning ko'rsatmalarini to'liq bajardik"
Mazkur uchrashuvdan so'ng terma jamoamizning tajribali futbolchilaridan biri Farruh Sayfiev fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"O'yin yaxshi o'tdi. Xudoga shukur g'alaba qozondik. Bu uch ochkoning qadri nihoyatda yuqori edi. O'mon bilan Osiyo kubogida o'ynaganmiz, yaxshi jamoa. Biz uchun har bir o'yin muhim hisoblanadi. SHu orqali Osiyo kubogiga tayyorgarlik ko'ramiz",- deydi Farruh Sayfiev.
- O'mon terma jamoasi birinchi bo'limda O'zbekistonga o'z o'yinini ko'rsatishiga yo'l qo'yib berdi, deya olamizmi?
- Murabbiyning ko'rsatmalarini bajardik. Bu bizga qo'l keldi, deb o'ylayman.

- Navbatdagi o'yinlardagi raqiblarimiz haqida fikringiz qanday?
- Kim bilan o'ynashimizdan qatiy nazar g'alaba uchun maydonga chiqamiz.
- Eronning asosiy tarkib bilan kelganiga munosabatingiz? Katta ehtimol bilan finalda forslar bilan to'qnash kelishimiz mumkin...
- Bu albatta ijobiy. Bunday jamoalar bilan ko'proq o'ynashimiz shart, deb o'ylayman.
Abdulaziz Iskandarov yozib oldi
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
Fikrlar