So’nggi yangiliklar

01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  0 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  34 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0 20:26Суперлига. "Сўғдиёна" ОКМКга 4 та гол урган оқшомда Бошкович илк бор Қосимовни мағлуб этди  47

Farruh Sayfiev: “Dubaydagi yig'indan ko'nglim to'ldi” Yangiliklar

Farruh Sayfiev: “Dubaydagi yig'indan ko'nglim to'ldi”

Xabaringiz bor, O'zbekiston milliy terma jamoasi yanvar oyida BAAda yig'in tashkil etdi.

Unda mahalliy chempionatda to'p tepayotgan va legioner futbolchilarimiz jalb etildi. Mazkur yig'in ishtirokchisi, “Paxtakor” klubi etakchilaridan biri Farruh Sayfiev o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

— Farruh, terma jamoaning yanvar oyidagi yig'ini qanday o'tdi?


Ochig'i, bu yig'indan ko'nglim to'ldi. Jamoa ancha muddat birga yashadi, futbolchilar yanada bir-biri bilan yaqinlashdi, jamoaviy muhit mustahkamlandi. Bundan tashqari, murabbiylar uchun ham foydali bo'ldi. Srechko Katanec o'z uslubi va g'oyasini futbolchilarga tushuntirish uchun ko'proq imkoniyatga ega bo'ldi. Mashg'ulotlar davomida har bitta chiziq ustida ishlashga vaqtimiz etarli bo'ldi. O'yingacha 1 hafta vaqt qolganda boshlanadigan yig'inlarda taktikalar ustida ishlashga vaqt qisqa bo'ladi, biroq bu galgi yig'inda uslub masalasida ko'proq ishlay oldik.

— Pandemiya sharoitida yig'inlar tashkil etilmoqda, bu borada jamoa muammolarga duch kelmadimi?


— Bugungi kunda butun dunyo yangicha muhit va sharoitga moslashmoqda. Xususan, futbol ham koronavirus bilan hisoblashishiga to'g'ri kelyapti.

Yig'in paytida ham doimiy ravishda covid-ga test topshirib borildi. Jamoa azolaridan kimdadir musbat natijalar chiqsa, tezkorlik bilan karantinga olindi. Bu borada jamoamiz shifokorlari ko'p mehnat qilishdi. Covid-19 bilan kasallanganlar soni ko'payib ketishini oldini olish bilan bir qatorda, futbolchilarni tezroq sog'ayib, mashg'ulotlarga qaytishlari uchun fidoyilarcha mehnat qilishdi. Ularga albatta rahmat aytishimiz kerak.

Pandemiya raqiblarimizga ko'proq tasir qildi. Yaponiya, Bahrayn, Yangi Zelandiya shu sababli rejalariga o'zgartirish kiritdi. SHunday bo'lsada yaxshi sparing-sheriklar bilan uchrashuvlarda jamoaviy o'yin ustida ishladik.

— Siz jamoadagi eng tajribali futbolchilardan biri hisoblanasiz. SHu bilan birga tarkib ancha yosharganini aytib o'tish kerak. Yoshlarning jamoaga kirishib ketishi qanday kechdi?


— Ha, bir qancha yangi futbolchilar bilan ishladik. Biz qo'limizdan kelgancha ularga milliy jamoa ahamiyati va bu erdagi jarayonlarning faoliyatiga tasiri haqida tajribamiz bilan o'rtoqlashdik. Yuqorida aytganimdek, yig'in bu masalada ham sermahsul bo'ldi. Yani yangi futbolchilar muhitga to'liq kirishib keta olishdi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика