So’nggi yangiliklar

15:40Тошкент футболи — 100 ёшда  1 15:18МЮ истеъдоди атрофида ажиотаж: 12 та клуб у учун саф тортди  1 14:50Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячисини мақтади  1 14:22Ла Лигада навбатдаги истеъфо  0 13:53Ван Дейк Салоҳ билан суҳбати ҳақида гапирди  2 13:24"Эмери эффекти": "Астон Вилла" клуб рекордини ўрнатди  9 12:56Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади  15 12:28Мадрид клуби "Манчестер Юнайтед" ҳимоячисини кузатмоқда  2 11:57Ўзбекистоннинг икки гранди МТЖ аъзосига қизиқмоқда  18 11:31Водий клуби "Нефтчи" легионерига кўз тикди  4 10:44Педри Мессининг 15 йил аввал ўрнатган рекордини янгилади  2 10:16"Ливерпуль" собиқ устози Саудия клубини бошқаришга розилик берди  2 09:48Пеп Гвардиола Алекс Фергюсоннинг Премер-лигадаги рекордини янгилади  3 09:20"Реал Мадрид" саккиз нафар футболчисини сотишга тайёр - DC  3 08:53Нури Шаҳин кечаги ғалабадан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  4

Farhod Nishonov: "Jiddiy o'yinlar hali oldimizda" Yangiliklar

Farhod Nishonov: "Jiddiy o'yinlar hali oldimizda"

O'zbekiston U-20 terma jamoasi bosh murabbiyi Farhod Nishonov Indoneziyaga qarshi o'tgan bahsdan so'ng fikr bildirib o'tdi.

"Bugungi g'alabadan xursandman. Buning uchun yigitlarga rahmat aytaman, lekin jiddiy o'yinlar hali oldimizda. Bugungi o'yinning natijasini unutib, keyingi bahslarga tayyorgarlik olib borishimiz kerak. Muhimi — o'zimiz uchun ochkolarni qo'lga kiritdik, endi bor etiborimizni navbatdagi o'yinlarga qaratamiz", -dedi Farhod Nishonov.

Shuningdek, musobaqada ikkinchi golini kiritgan jamoa sardori Muhammadali O'rinboev ham o'yindan so'ng fiklarini bildirdi.

"O'yin deyarli bizni rejamiz asosida o'tdi, desak bo'ladi. Gol kiritganimizdan so'ng raqibda ham imkoniyat bo'ldi. Lekin tanaffus payti jamoamiz bilan bu o'yinda yutishimiz kerakligini gaplashdik va bor imkoniyatimizni ishga soldik. Keyingi bosqichga chiqqanimizdan xursandmiz, biroq guruhdagi oxirgi o'yinda ham g'alaba uchun maydonga tushamiz", -dedi O'rinboev.

Malumot uchun, yoshlarimiz guruhdagi so'nggi uchrashuvni 19 fevral kuni Eronga qarshi o'tkazsa, chorak final uchrashuvlari 22, 23 fevral kunlari bo'lib o'tadi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика