So’nggi yangiliklar

00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  4 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  2 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  4 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  1 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  1 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  10

Farhod Bekmurotov: "Og'ir vaziyatda "Andijon"ni tashlab ketmagan edim" Yangiliklar

Farhod Bekmurotov: "Og'ir vaziyatda "Andijon"ni tashlab ketmagan edim"

Toshkentning "Lokomotiv" klubi o'tgan yili birinchi ligada ishtirok etgan "Andijon" jamoasi futbolchisi Farhod Bekmurotovni o'z tarkibiga qo'shib oldi.

"Temiryo'lchilar"ning yangi azosi Farhod Bekmurotov kecha yoshlar ligasida "Lokomotiv" safida debyut uchrashuvini o'tkazdi. Ushbu bahsdan so'ng Bekmurotov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Xabariz bor, o'tgan yili birinchi ligada ishtirok etgan "Andijon" jamoasida faoliyat olib bordim. Mavsum yakuniga etganidan so'ng, biroz dam oldim. SHerzod Rayimjonov menga qo'ng'iroq qildi va Andrey Fyodorov sizni so'rayabdi, telefon raqamingizni beraman, qo'ng'iroq qilib gaplashin, deb aytdi. Vitalievich, kelib o'zingni sinab ko'r, murabbiylarga yoqsang jamoada qolasan, deb aytdi. Hech ikkilanmasdan taklifni qabul qildim va Toshkentga keldim. SHundan so'ng, murabbiylarga o'yinim maqul kelgan bo'lsa kerak, shartnoma imzoladik. Kecha yoshlar ligasida "Lokomotiv" tarkibida debyut uchrashuvimni o'tkazdim. Jamoadoshlarim bilan yaxshi chiqishib ketdim. Birinchi bo'lib biz darvozamizdan to'p o'tkazib yubordik. Aslida biz raqiblarimizdan kuchsiz emas edik. 

Biroz omad etishmadi. Stadionga ko'plab muxlislar tashrif buyurishdi. Muxlislarga bo'lib o'tgan o'yin yoqdi deb o'ylayman. Har holda uchrashuvni oxirgi daqiqalarigacha kuzatib o'tirishdi. Bu yilgi chempionat bahslari o'zgacha o'tishiga umid qilyapman. 12ta kuchli jamoa, o'yindan oldin qanday natija qayd etilishini bashorat qilib bo'lmaydi. Har bir uchrashuvga kuchli tayyorgarlik ko'rish kerak. OCHL musobaqasiga zayavka topishirga murabbiylar ulgurishmadi, deb o'ylayman. Nasib qilsa guruh bosqichidan chiqsak, meni OCHLda o'ynashim uchun zayavka qilishi mumkin. 2016 yili oliy liga bahslarida 28ta uchrashuvda to'liq maydonda harakat qildim. 

shundan so'ng, "Andijon" birinchi ligaga ravona bo'ldi. SHunday paytda "Andijon"ni tashlab ketmadim. Jamoani oliy ligaga olib chiqib keyin boshqa jamoaga o'tishni maqsad qilgandim. Lekin biz o'ylagan narsa har doim ham bo'lavermas ekan. Afsuski, superliga yo'llanmasini qo'lga kirita olmadik. Mana endi superligada o'ynashim uchun imkoniyat yaratildi. Buning uchun "Lokomotiv" rahbariyati, murabbiylar shtabini ishonchini oqlashga harakat qilaman. raqobat bor joyda o'sish bo'ladi. To'g'ri, "Lokomotiv" tarkibida mahoratli futbochlilar ko'p. Har kuni ulardan nimanidur o'rganishga harakat qilyapman. Mashg'ulotlarda tinmay ter to'kib, asosiy tarkibda maydonga tushirishlarini kutaman. Nasib qilsa hammasi yaxshi bo'ladi", - deydi Farhod Bekmurotov


Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика