Farhod Abdullaev Klublar o'rtasidagi jahon chempionatining ilk uchrashuvida ishlaydi Yangiliklar

Farhod Abdullaev Klublar o'rtasidagi jahon chempionatining ilk uchrashuvida ishlaydi

Ayni kunlarda Qatar poytaxtida Klublar o'rtasidagi jahon chempionati oldidan ushbu turnirda faoliyat olib boruvchi hakamlar uchun seminar mashg'ulotlari o'tkazilmoqda.

14 ta mamlakatdan 26 nafar hakamlar ishtirok etayotgan mashg'ulotlarda o'zbekistonlik Farhod Abdullaev ham qatnashmoqda. 

Hamyurtimiz Xorxe Larriond (Urugvay), Oskar Ruis (Kolumbiya) va Mayk Van Der Rost (Gollandiya) bilan mashg'ulotlar o'tkazyapti. 

Abdullaev jahon chempionatining ochilish o'yini «Tigres» (Meksika) va "Ulsan Hyunday" (Janubiy Koreya) bahsida inspektor sifatida ishlaydi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика