So’nggi yangiliklar

04:38ЖЧ-2026 саралаши. Германия ва Нидерландия мундиал йўлланмасини қўлга киритди, Польша ва Словакия саралашни давом эттиради  0 00:17Мбаппе ПСЖдан суд орқали 240 млн евро талаб қилмоқда. Клуб эса ундан 180 млн евро зарар ундиришни сўради  1 23:49"Ал Айн Халқаро Кубоги-2025". Миср пенальтилар сериясида ғалабага эришди ва учинчи ўринни эгаллади   4 23:35Жалолиддин Машарипов жароҳатдан қутилдими?  8 23:03Достон Ҳамдамов: "Ҳаммаси ўзимизнинг қўлимизда, яхши тайёргарлик кўрсак Бразилия билан ҳам ўйнай оламиз деб ўйлайман"  6 22:26Игорь Сергеев: "Эрон? Ишончим комил, яна жиддий жанг бўлади"  7 21:56ФОТОГАЛЕРЕЯ. U-19 чемпионат финали. "Пахтакор" - "Насаф" 4:1  2 21:28"Барселона" янги "Камп Ноу"да илк ўйинини қачон ўтказиши маълум бўлди  2 20:36Тиаго Силва "Милан"га қайтиши мумкин  5 20:23Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг Италия билан ўйиндан олдинги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  5 20:12"Шармандалик, бу шармандалик!"  57 20:10Нурбек Сарсенбаев: "Италия қарши ҳужумда Хорватиядан кўра анча хавфли"  3 19:51Муҳаммадали Мусахонов: "Италия билан учрашувда бор кучимиз билан ҳаракат қилиб, давлатимиз байроғини юқорига кўтарамиз"  0 19:28Ислом Исмоилов: "Италия — нафақат Европа, балки мундиалнинг энг кучли жамоаларидан бири"  7 19:10Ўзбекистоннинг италиялик таҳлилчиси Каннавародан таклиф, "Squadra Azzurra"нинг муваффақиятсизлиги ҳамда U-17 жаҳон чемпионати нимчорак финали ҳақида гапирди  0

Falakning gardishi (Bekzod Tolibov blogi) Yangiliklar

Falakning gardishi (Bekzod Tolibov blogi)

O'zbekiston kubogida "H" guruhi qura natijalari elon qilingandayoq barcha tomonidan "O'lim guruhi" maqomiga loyiq ko'rilgandi.

Amalda ham shunday bo'ldi. Bu guruhdagi har bir o'yin va qayd etilayotgan natijalar haqiqatdan ham futbol muxlislarning etiborini qozona olayapti. Dastlabki turda O'zbekiston kubogining amaldagi sohibi hisoblanadigan "Nasaf" Qarshida "Navbahor"ni qabul qildi. O'tkir Yusupov fantastik o'yin ko'rsatib yuborgan uchrashuvda Samvel Babayan jamoasi kichik hisobdagi g'alabaga erishdi. "Andijon" va "Dinamo" o'rtasidagi guruhning ikkinchi o'yini ham "O'lim guruhi" maqomiga xos tarzda o'tdi, Andijondagi dramada 2:2 hisobidagi jangovor durang natija qayd etildi. 1-tur uchrashuvlaridayoq keskinlikning yuqori notaga chiqib ketganligi bu guruhda navbatdagi bosqich uchun kurash so'ngi turning eng so'ngi soniyalariga qadar davom etishini anglatayotgandi.

"H" guruhining ikkinchi tur uchrashuvlari ham futbol muxlislariga shiddatli to'qnashuvlarni taqdim etib berdi. "Navbahor" o'z maydonida "Andijon"ni 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi va navbatdagi bosqich masalasini muddatidan avval hal qildi. Jizzaxda "Dinamo" va "Nasaf" o'rtasida kechgan bahs esa O'zbekiston kubogi joriy mavsumining eng yorqin to'qnashuviga aylanib ketdi, super o'yin. Bu uchrashuvda har ikki tomon ham shunchaki mag'lubiyatga rozi emasdi, g'alaba uchun kurash hakamning final hushtagi chalinguniga qadar davom etdi. 3:3 hisobida yakunlangan o'yin, jangovor durang va taslim bo'lishni istamagan ikki jamoaning super qarama-qarshiligi. O'rinli savol tug'iladi, nega biz Jizzaxda dramaga aylanib ketgan ushbu uchrashuvni televidenie orqali jonli efirda ko'rmadik?

"Navbahor" ortda qolgan 2 ta tur uchrashuvlaridan so'ng guruhda muddatidan avval birinchi o'rinni qo'lga kiritdi. "Nasaf", "Andijon" yoki "Dinamo" jamoalari so'ngi turda qanday natijaga qayd etishlaridan qatiy nazar 6 ochko to'play olishmaydi. Guruhdagi ikkinchi yo'llanma uchun kurash shu 3 ta klub o'rtasida kechadi.

Jizzaxdagi super o'yin yakunida tashkil etilgan matbuot anjumanida qarshiliklar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev endilikda barchasi "Navbahor"ning qo'lida qolganini, Namangan klubi o'zi istagan jamoani navbatdagi bosqichga olib chiqishi haqida aytib o'tdi. Vadim Abramovda ham shunga yaqinroq fikrlar bo'ldi, samarqandliklar ustozi ko'p narsa so'ngi turdagi "Dinamo" - "Navbahor" to'qnashuvi natijasiga bog'liqligini takidladi. Futbol muxlislarida Samvel Babayanga so'ngi turda rotaciyalar bilan bog'liq savol borligini his etgan jurnalistlar "Navbahor" bosh murabbiyidan ayni masalada izox olishdi. Babayan "Navbahor" uchun har bir o'yin navbatdagi uchrashuvlarga tayyorgarlik vazifasini o'tab berishini, jamoa "Dinamo"ga qarshi bahs orqali Superliga bahslariga tayyorgarlik ko'rishi haqida fikr bildirdi. Namanganliklar bosh murabbiyining fikrlaridan kelib chiqsak, "Navbahor" Jizzaxga yoshlar tarkibi bilan "Dinamo"ga shunchaki yutqazib ketmaydi.

Guruhning so'ngi 3-tur uchrashuvlari 28-aprel sanasiga belgilangan. SHu kuni "Andijon" o'z maydonida "Nasaf"ga qarshi maydonga chiqsa, futbol muxlislari Jizzaxda "Dinamo" - "Navbahor" to'qnashuviga ham guvoh bo'lishadi. Bir xil sana va ayni bir vaqtda boshlanadigan o'yinlar.

So'ngi tur oldidan "Navbahor"da 6, "Dinamo"da 2, "Nasaf" va "Andijon"da 1 ochkodan mavjud. Falakning gardishi bilan kubokning amaldagi sohibi hisoblangan "Nasaf" mazkur musobaqani guruh bosqichidayoq yakunlashga majbur bo'larmikan, nima deb o'ylaysiz?



Bekzod Tolibov

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика