FAKT. "Navbahor"ning uydagi mag'lubiyatsiz seriyasi 12 taga etdi, "Metallurg" osmonida "qora bulutlar"
11 mar 2023 18:19
Yangiliklar
FAKT. "Navbahor"ning uydagi mag'lubiyatsiz seriyasi 12 taga etdi, "Metallurg" osmonida "qora bulutlar"
Mavsumni ko'tarinki ruhda boshlagan "Navahor" ikkinchi turda ham uyda to'p tepdi.
Raqib – "Metallurg" yirik hisobda taslim etildi (3:0).
SHu bilan birga? "lochinlar"ning uydagi mag'lubiyatsiz seriyasi 12 taga etdi. Jamoa oxirgi marta 2022 yilgi mavsumning 5-turida "So'g'diyona"ga yutqazgan (1:2).
"Metallurg"ning esa Superligadagi g'alabasiz seriyasi davom etadi. "Madanchilar" chempionat doirasida so'nggi bor 2022 yil 23-turda o'z maydonida "Neftchi" bilan bahsda uch ochko ishlashga muvaffaq bo'lgan (1:0).
"Navbahor" navbatdagi turda 17 mart kuni "Paxtakor" maydoniga safar qilsa, "Metallurg" 19 mart kuni o'z uyida "Qizilqum"ni qabul qiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
Fikrlar