Fakt ketidan fakt. Ravshan Ermatov hozircha OCHL o'yinini boshqargani yo'q
20 mar 2014 18:30
Yangiliklar

Fakt ketidan fakt. Ravshan Ermatov hozircha OCHL o'yinini boshqargani yo'q
Braziliyada bo'lib o'tadigan jahon chempionatiga boradigan Ravshan Ermatovdan umidimiz katta.
Tajribali hakam sifatida allaqachon tan olingan Ermatov bu yil hisobidan hozircha Osiyo chempionlar ligasining birortayam bahsini boshqargani yo'q. Bu esa albatta, bizni hayron qoldirmasdan qo'ymaydi.
Kecha va undan oldingi kun bo'lib o'tgan 3-tur bellashuvlaridan so'ng OCHL guruh bosqichining birinchi davrasiga yakun yasaldi. Hozircha bizdan birgina Valentin Kovalenko uchta o'yinni boshqardi. Ravshan Ermatov esa negadir bungacha o'tkazilgan uchrashuvlarga tayinlanmadi. U endi 4-turdan o'rin olgan “Al Ahli” – “Sepaxon” bahsini boshqaradi. O'yin 1 aprel kuni bo'lib o'tadi. SHuningdek, 23 apreldagi “Sanfrechche Xirosima” – “Sentral Koast” o'yiniga ham Ermatov bosh hakam etib tayinlangan.
Xayrulla Xoliqov.

Fikrlar