So’nggi yangiliklar

21:26Салоҳ муддатидан олдин Миср терма жамоасидан "Ливерпуль"га қайтади. Нега?  0 21:00Миллатлар лигаси. Тўртта ўйин бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  0 20:34Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 20:14Ўзбекистон U-20 терма жамоаси 89-дақиқада урилган гол эвазига Аргентина билан иккинчи ўйинда дуранг қайд этди  8 20:05Миллатлар лигаси. Қозоғистон ўз майдонида Словенияга мағлуб бўлди  7 20:02Назорат учрашуви. "Локомотив" ва "Олимпик" ўзаро дуранг ўйнади  0 19:09Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулоти Остон Ўруновсиз ўтди  11 18:39Остон Ўрунов БААга қарши ўйинда майдонга тушмайдими?  11 18:31Германия Нагельсманн билан шартномани узайтирмоқчи  1 17:52Рустам Ашурматов Ўзбекистон МТЖ ихтиёрини тарк этади  5 17:20"Қумқўрғон-1977" Биринчи лигадан четлатилади  2 17:11Фарҳод Нишонов: "Футболчиларим Мессининг олдида "Мессини ёқиб олишди"  2 16:22"Ювентус" "Порту"дан ижарага олинган Консейсау бўйича қарор қабул қилди  1 15:55Эдегор қачон сафга қайтади?  0 15:25"Милан" юлдузи ўзига янги клуб танлади  2

Fabregas 2004 yilda Aleks Fergyusonning yuzini picca bilan poylaganini tan oldi + FOTO Yangiliklar

Fabregas 2004 yilda Aleks Fergyusonning yuzini picca bilan poylaganini tan oldi + FOTO

"CHelsi" yarim himoyachisi Sesk Fabregas 2004 yilda ser Aleks Fergyusonning yuzini picca bilan poylaganini tan oldi.

Eslatib o'tamiz, 2004 yilning oktyabrida "Manchester Yunayted" klubi "Arsenal"ni 2:0 hisobida mag'lub etadi va "kanonirlar"ning Premer-ligadagi 49 o'yinlik mag'lubiyatsiz seriyasiga chek qo'yadi. O'yin yakunlangandan keyin tribunaostida tartibsizlik avj oladi. O'sha paytda "to'pchilar" futbolchilaridan kimdir Aleks Fergyusonning yuziga picca uloqtiradi.

O'shandan beri ko'plab futbolchilar, ayniqsa Martin Kioun piccani Fergyusonga o'sha vaqtda "Arsenal"da o'ynagan Fabregas otganini aytishadi. Endi esa ispaniyalik futbolchi "A League of Their Own" dasturida buni tan olishga qaror qildi. 


Jeyms Korden haqiqatni bilmoqchi...


"Ha, o'sha men edim! Ammo Kioun - yolg'onchi, axir u o'sha paytda kimnidir urayotgan va hech nimani ko'rmagan edi.

Men shovqinni eshitdim, o'zimning picca bo'lagim bilan chiqdim va Sol Kempbell, Rio Ferdinand va Maykl Kioun o'rtasida janjal bo'layotganini ko'rdim. Qanday aralashishni bilmadim va shunchaki picca bo'lagini uloqtirdim. Ser Aleks Fergyusondan kechirim so'rayman, men bunday bo'lishini xohlamagan edim", - dedi Fabregas.


Sesk Fabregas nihoyat hammasini tan oldi.


"Arsenal" o'shanda 49 o'yinlik mag'lubiyatsiz seriyasiga yakun yasashga majbur bo'lgan edi.


2004 yil Sesk Fabregas uchun oldinga qadam tashlangan yil bo'lgan edi.


Juda muhim g'alaba qo'lga kiritilgan kechada Ueyn Runi gol urgan edi.



Birozdan so'ng picca bilan "siylanishini" hayoliga ham keltirmagan ser Aleks Fergyusonning ko'zlarida quvonch.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика