So’nggi yangiliklar

08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  0 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  7 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  8 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  12 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0

"Eyr Fors" ustozi Ayub Odisho: "Toshkentga kech etib keldik. Lekin o'z rejamizni amalga oshirishga harakat qilamiz" Yangiliklar

"Eyr Fors" ustozi Ayub Odisho: "Toshkentga kech etib keldik. Lekin o'z rejamizni amalga oshirishga harakat qilamiz"

OCHL guruh bosqichi ikkinchi turidan o'rin olgan OKMK - "Eyr Fors" uchrashuvidan oldin matbuot anjumani tashkil qilindi.

Anjumanning ikkinchi qismida iroqliklar ustozi Ayub Odisho va futbolchi Ibrohim Bayesh fikrlarini bildirib o'tdi. 

"Muhim uchrashuv kutmoqda. O'yin darajasini ikki jamoa ham tushunib turibdi. OKMK ham, biz ham o'zimizga kerakli ochkoni qo'lga kiritishni maqsad qilgan"

- Jamoa Toshkentga juda kech etib keldi va hali mashg'ulot o'tkazmadi. Bu degani ertaga tayyorgarliksiz maydonga tushadi. Sizni mazkur faktorlar havotirga solmayaptimi?

- To'g'ri. Lekin parvozdan oldin tongda mashg'ulot o'tkazganmiz. Bizda faqat maydon haqida tasavvurimizni to'liq qilib olishimiz qoldi, xolos. 

- Ertangi o'yinda natija ko'ngildagidek bo'lmasa, rahbariyat sizdan talab qiladi. Lekin bugungi o'yinga etib kelishdan oldingi muammolar, parvozlar, tashkilotchilikdagi tushunmovchiliklar tasir qilishidan qo'rqmaysizmi?

- Ha biz kechidik. Lekin bizning o'z rejamiz bor. Buni amalga oshirishga harakat qilamiz. 

- OKMK haqida murabbiyda qanday tasavvur shakllangan va raqibni qanchalik o'rgangan?

- Avvalambor biz o'z jamoamizga ishonamiz. Biz raqibni xato qilishga majbur qilib, imkoniyatimizdan foydalanishga harakat qilamiz. 

Ibrahim Bayesh (futbolchi): - Bu muhim o'yinligini his qilib turibmiz. O'zbek jamoalari bilan yaxshi tanishmiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика