Evropa va Saudiya Arabistoni jamoalari Bernardu Silvani qo'lga kiritmoqchi
16 jan 19:12
Yangiliklar
Evropa va Saudiya Arabistoni jamoalari Bernardu Silvani qo'lga kiritmoqchi
"Siti" 31 yoshli yarim himoyachisining shartnomasi bo'yicha oxirgi 1 yili qolgan va u qariyb 10 yil davomida faoliyat yuritgan jamoasini tark etishga yaqindek tuyulmoqda.
Kelishuvni uzaytirish bo'yicha muzokaralar olg'a siljimagani sababli Evropa va boshqa mintaqalardagi qator etakchi klublar uni safiga qo'shib olish istagida.
"Caught Offside"ning xabar berishicha, Saudiya Arabistoni klublari unga katta qiziqish bildirib, Silvaga hozirgi maoshidan bir necha barobar yuqori bo'lgan shartnoma taklif qilishga tayyor.
Italiyada ham "Yuventus", ham "Napoli" portugaliyalik yulduz bilan bitim imzolashga jiddiy qiziqishini saqlab qolmoqda. Xususan, "Yuventus" yanvar oyidayoq transferni amalga oshirish imkoniyatini muhokama qilgan va shartnoma muddati tugashidan oldin "Siti"ni portugaliyalik futbolchidan voz kechishga ko'ndirmoqchi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar