So’nggi yangiliklar

09:15Эрон терма жамоаси етакчиларидан бири четлатилди  0 08:50Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг Албания ва Россияга қарши учрашувлар учун кенгайтирилган таркиби маълум  0 08:264-тур мухлислар ташрифи. Энг кўпи Фарғонада, энг ками Самарқандда  1 02:58АПЛ. Магуайр майдондан четлатилган ўйинда МЮ "Борнмут" билан жанговар дуранг қайд этди  12 02:29Левандовски масаласи ёпилди  4 02:01Мбаппе "Атлетико"га қарши ўйнашга тайёр  0 01:33"Милан" футболчиларисиз: Италия терма жамоаси ЖЧ-2026 йўлланмаси учун кураш йўлида таркибга кимларни жалб этди?  1 01:10Суперлига. "Сўғдиёна" – "Пахтакор" 2:4  0 00:49"Манчестер Юнайтед" икки футболчиси билан шартномани узайтиради  1 00:20MLS мусобақа форматини тубдан ўзгартирмоқда  2 23:46МЮ "Ньюкасл" етакчиси билан битим тузишга яқин  0 23:25"Боруссия Д" Санчони қайтармоқчи  1 22:50Иван Бошкович: "Тўртта учрашувда бир очко тўплаш балки инқироз бўлса керак"  8 22:35Суперлига. "Насаф" – "Сурхон" 0:1   4 22:27Лига 1 жамоаси футболчиси бир вақтнинг ўзида икки терма жамоага чақирилди  0

Evropa Superkubogi. "Barselona" - "Sevilya" uchrashuvi uchun prevyu Yangiliklar

Evropa Superkubogi. "Barselona" - "Sevilya" uchrashuvi uchun prevyu

Bugun tunda "Barselona" va "Sevilya" klublari Gruziyaning Tbilisi shahrida Evropa Superkubogi uchun bahsda maydonga tushishadi.

"Barselona" - "Sevilya"

11 avgust 2015 yil. Tbilisi. "Boris Paychadze" nomidagi stadion. 23:45 (Toshkent vaqti)

Bosh hakam: Uilyam Kollam (SHotlandiya).

Taxminiy tarkiblar
"Barselona": ter Stegen; Alves, Pike, Maskerano, Mate; Rakitich, Buskets, Iniesta; Messi, L. Suares, Pedro
• Maydonga tushmaydi: Alba, Neymar, Duglas
• So'roq ostida: Adriano

"Sevilya": Riko; Mariano, Koke, Kryxovyak, Tremulinas; Kron-Deli, Banega; Reyes, Iborra, Vitolo; Gameyro
• Maydonga tushmaydi: Karrisu, Parexa, N'Zonzi
• So'roq ostida: Rami, Kolodzeychak


"Barselona" bosh murabbiyi Luis Enrike:
Bizni mavsumning ilk rasmiy o'yini kutmoqda, qanchalik tayyorligimizni sinab ko'ramiz. Biz haqiqiy chempionlarga qarshi o'ynaymiz. Sovrin uchun bahs – bu haqiqiy sinov. G'alaba uchun harakat qilamiz.

Sevilya – kuchli raqib, uni mag'lub etish qiyin. G'alaba uchun juda kuchli o'ynashimiz kerak. Qancha ko'p sovrin yutsang shuncha yaxshi, Evropa Superkubogi uchun bahs tarixga kirish uchun yana bir imkoniyat. Biz buni qilishimiz kerak.


"Sevilya" bosh murabbiyi Unay Emeri:
Bu bahs - biz uchun ajoyib imkoniyat, g'alaba qozonmoqchimiz. Raqib favorit, ammo u bizning azaliy raqibimiz. "Barselona"ni mag'lub etish mumkin yo'llarni bilamiz. O'zimiz istagan darajaga etib keldik. Yani eng cho'qqidamiz.

Nima bo'lsa ham maydonga tushib yuqori darajadagi o'yinni ko'rsatishimiz kerak. "Barselona"dan ham ekstra-klass o'yin kutayapmiz.

"Barsa" to'pni nazorat qilishda bizdan ustun bo'lsa kerak. Biz esa qarshi hujumlardan unumli foydalanishimiz kerak.

Mavsumoldi o'yinlar natijasi:
"Barselona": "Los-Andjeles Geleksi" (2:1), "Manchester Yunayted" (1:3), "CHelsi" (2:2, penaltilar 2:4), "Fiorentina" (1:2), "Roma" (3:0)

"Sevilya": "Verder" (1:2), "Reyms" (2:1), "Uotford"(1:0), Brayton-end-Xouv (0:1), AEK Afina (1:1).


Rekordlar
• "Barselona" to'qqizinchi bor UEFA Superkubogi uchun bahsda o'ynaydi.

• "Barselona" g'alaba qozonsa "Milan"ning rekordini takrorlaydi - 5ta sovrin.

• UEFA Superkubogida uchinchi bor Ispaniya klublari o'ynaydi, bu mutloq rekord. O'tgan ikki bahsda ham "Sevilya" ishtirok etgan. 2006 yilda "Barselona" taslim qilingan. UEFA Superkubogida ikki marta Italiya derbisi kuzatilgan.

• Alves Paolo Maldini rekordini takrorlashi mumkin. Italiyalik futbolchi besh marta Superkubok uchun o'yinda qatnashib 4 bor unda zafar quchgan.

• Luis Enrike bu sovrinni ham futbolchi, ham murabbiy sifatida qo'lga kiritgan to'rtinchi insonga aylanishi mumkin. Oldinroq Xosep Gvardiola, Karlo Anchelotti va Diego Simeone shunday natijaga erishgan.


O'yin haqida fakt
• Emeri jamoalari ("Almeriya", "Valensiya", "Spartak" va "Sevilya") "Barselona"ga qarshi 19 marta o'ynab umuman yuta olmagan. 13ta mag'lubiyat va 6ta durang. Lionel Messi Emeri jamoalariga qarshi bahslarda 22ta gol urgan.

Ochilish marosimi
Futbolchi va hakamlar bilan birga maydonga to'qqizda mamlakatdan kelgan bolalar maydonga tushishadi va "Futbol tinchlik uchun" shiori tushurilgan bannerni namoyish etishadi.


uefa.com saytidan Narzulla Saydullaev tarjimasi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика