So’nggi yangiliklar

20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  106 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  4 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  13 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  3 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  2 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  0 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  14 17:44Кьеза Италия терма жамоасига чақирувдан бош тортдими?  3 17:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси стадионга етиб келди  1 16:57"Динамо" "Қизилқум" футболчисига қизиқиш билдирмоқда  1 16:30Дешам Саудия Арабистонидан таклифлар олганини тасдиқлади  0 16:07Ямаль Испания терма жамоаси қайдномасидан чиқарилди  6 15:46"Нефтчи" чемпион бўлган охирги мавсумда ўзбек ва дунё футболи қандай эди?  24 15:34Ўзбекистон ампутантлар терма жамоаси ЖЧ йўлланмасини муддатидан олдин ҳал этди!  6 15:18Ўзбекистон U-19 чемпионати — Осиёда йилнинг энг яхши ёшлар лигаси  1

Evropa ligasi. "SHerif" "Braga"ni ishonchli tarzda mag'lub etdi, Yaxshiboev 89 daqiqa o'ynadi Yangiliklar

Evropa ligasi. "SHerif" "Braga"ni ishonchli tarzda mag'lub etdi, Yaxshiboev 89 daqiqa o'ynadi

Teglar :  SHerifBraga
Evropa ligasining 1/16 finalidan o'rin olgan "SHerif" - "Braga" uchrashuvi yakunlandi.

"SHerif" — "Braga" 2:0

Gol: 1:0 – 43, penalti Till, 2:0 – 82 Traore.

SHerif – Atanasiadis, Evangelu, Radelich, Petro, Djulen, Bruno, Till (Kojokar, 90), Nikolov (Kiabu, 89), Yaxshiboev (Belousov, 89), Traore, Yansane (Abdulbasit, 78).

Braga – Mateus, Yan Kouto, Oliveyra, Tormena, Brunu Rodrigesh, Andre Kashtru (Andre Orta, 64), El-Musrati, Medeyrush (Fernandesh, 79; Fale, 86), Rikardu Orta, Vitor Oliveyra (Abel Ruis, 64), Rodrigu Gomesh (Moura, 64).

Ogohlantirish: Petro (15).


YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi. "SHerif" "Braga" ustidan ishonchli g'alabaga erishdi. Javob o'yini kelasi hafta bo'lib o'tadi.

90+5. O'zgarish: Kojokar Tillni almashtirdi.

90+4. Orta bugun har balo qili ko'rdi, lekin hech "ketmoni uchmadi".

90+2. Orta hujumda qo'llarini ishga solishga harakat qildi, hakam esa buni payqa qoldi.

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

89. "SHerif" da ikki o'zgarish: Nikolov va Yaxshiboev maydonni tark etdi, Mussa Kiabu va Aleksandr Belousov bahsga qo'shildi.

88. ZARBA! O'ng qanotdan boshlangan hujum natijasida markazda turgan Orta to'xtatmasdan zarba yo'lladi, Atanasiadis o'z o'rnida.

86. Zaxiradan maydonga tushgan Rojer Fernandesh jarohat sabab yana zaxiraga olindi. Uning o'rniga Migel Fale o'yinga qo'shildi.

82. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLL!!! Traore oradagi farqni oshirdi! Brunu Rodrigesh to'pni to'xtatishda sirg'alib ketdi, buning oqibatida to'pni olib qo'ygan Traore darvozabon bilan yakkama-yakka chiqib, hisobni jamoasi uchun mustahkamladi.

79. "Braga"da o'zgarish: Rojer Fernandesh Yuri Medeyrushni almashtirdi.

79. Hozirgina maydonga tushgan Xalid uzoqdan zarba berib ko'rdi, biroq o'xshamadi.

78. O'zgarish: Yansane maydonni tark etdi. Uning o'rniga Xalid Abdulbasit o'yinga qo'shildi.

75. ZARBA! Mouraning zarbasini Atanasiadis katta qiyinchilik bilan qaytardi, u to'pni o'ziga to'g'rilab olguncha raqibning ikki futbolchisi og'zini ochib qoldi.

74. Ortaning zarbasiga "SHerif"ning ikki futbolchisi bellarini qalqon qildi.

73. Yaxshiboev boshlagan yana bir qarshi hujum burchak to'pi ishlanishi bilan yakunlandi.

70. Yaxshiboev qarshi hujumda to'pni o'zidan uzoqlashtirib yubordi, natijada hujum amalga oshmay qoldi.

66. Medeyrush haftaning eng chiroyli golini kiritishi mumkin edi, biroq uning zarbasi aniq chiqmadi.

64. "Braga" birato'la uchta o'zgarishga qo'l urdi.

63. Traore maydonda oyog'ini ushlagancha ag'anab yotibdi. Unga tibbiy yordam kerakka o'xshaydi.

60. ZARBA! Raderlich to'pni oldinga, Yaxshiboevga oshirdi, ikki raqibining o'rtasida turgan Jasur esa Traorega pas berdi, Traorening zarbasidan so'ng mezbonlar burchak to'pi ishlab oldi.

59. Maydon markazida Ortaga nisbatan o'yin qoidasi buzildi. Bruno raqibini chegaradan o'tkazgisi kelmadi.

57. "Braga"ning hujumi o'xshamay qoldi. O'ng qanotga uzatilgan to'pga jamoa yarim himoyachisi etolmadi.

55. Medeyrush o'z omadini sinab ko'rdi, uning jarima maydoni markazidan yo'llagan zarbasi kuchsiz va noaniq chiqdi.

51. "SHerif" qarshi hujum tashkillashtirayotgandi, biroq Yansane to'pni to'xtatishda 5 bahoga o'qimaganligini ko'rsatib qo'ydi.

49. Atanasiadis himoyachi vazifasini bajardi, qarshi hujumda Yaxshiboev Yansaneni oldinga boshladi, biroq Mateus vaqtida oldinga chiqib, xavfni bartaraf etish bilan birq qatorda raqib hujumchisini maydonga qulatdi.

47. Kashtruga nisbatan maydon markazida qoida buzildi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Surat bizdan, izoh sizdan

SHu o'yin bilan bir vaqtda boshqa uchrashuvlar ham bo'lib o'tmoqda. Birinchi bo'limdan so'ng quyidagi hisoblar qayd etilmoqda:

Zenit — Betis 2:3

Barselona — Napoli 0:1

Borussiya D — Reynjers 0:2

Birinchi bo'lim yakunlandi.

45+4. "Braga" chap qanotdan ikki bor xavfli hujum amalga oshirdi, markaziy himoyachilar bir amallab to'pni qaytarishdi.

45+3. Kastroning oldinga uzatmasi kuchlilik qildi.

45+2. "Braga" birinchi bo'limda vaziyatni o'nglagan holda tanaffusga chiqishga harakat qilmoqda, biroq hujumni yakunlashda uoarga omad etishmayapti.

45. Niderlandiyalik hakam birinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berdi.

42. Till 11 metrli nuqta qarshisida turibdi. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLLLL!!! Darvozabon yo'nalishni topdi, biroq qaytara olmadi.

40. Yaxshiboevning uzatmasi Kastroning qo'liga tekkan ekan. Penalti! Yansane "uhhh" deb yubordi ichida.

39. GOOOOOOOLLLLLL! Yo'q, bekor qilindi. Yaxshiboevning o'ng qanotdan oshirgan to'piga "SHerif" futbolchisi bosh bilan zarba berdi, biroq darvozaga kirib borayotgan to'pga ofsaydda turgan Yansane teginib qo'ydi. Qiziq tomoni, hakam VAR bilan penalti bo'yicha gaplashmoqda.

35. Pala-partish uzatmalar bo'lib ketdi bir daqiqa ichida, to'p uyoqdan-buyoqqa parvoz qildi.

32. Yaxshiboev chap qpnotdan oldinga yorib kirdi hamda markazga to'pni uzatdi, Yansanedan o'tib Tillga etib kelgan to'p, zarba natijasida noaniq ko'rinish oldi.

31. Yaxshiboev burchak to'pini amalga oshirdi, biroq hujum beo'xshov zarba bilan yakunlandi.

28. Evangelu jamoasini goldan qutqarib qoldi. "Braga" futbolchisi Orta darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi, uning zarbasi darvozabondan o'tib ketdi, ammo himoyachi so'nggi lahzalarda jamoasi joniga oro kirdi. Undan oldinroq Yansane shunga o'xshash vaziyatdan foydalana olmagandi.

26. "SHerif" futbolchisi sherigini oldinga boshlagandi, ammo sherigi Useyn Bolt bo'lsa ham to'pga etolmasdi.

24. "Braga" futbolchisi hujumda qoida buzdi.

23. Julen chap qanotda yiqitildi, ammo hakam o'yin qoidasi buzilmaganini etirof berdi. Dod-voyingni kimga aytsang aytaver, dedi.

20. Radelich yana bir bor mudofaada qahramonlik ko'rsatdi. U o'z jarima maydoniga yorib kirgan Vitor Oliveyraning oyoqlari ostiga tashlanib, to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

19. Radelich to'pni autga "parvoz qildirish" orqali raqib hujumini to'xtatib qoldi.

18. To'pni egallab turish bo'yicha ko'rsatkich: 39-61

15. Ogohlantirish. CHarlz Petro katta tezlikda ketayotgan Yan Koutoni to'xtatib qolgani uchun jazolandi.

14. Traorega nisbatan qo'pollik ishlatildi. CHap qanotda standart vaziyat yuzaga keldi, biroq hujum ko'ngildagidek chiqmadi.

11 ZARBA! Radelich qo'pol xatoga yo'l qo'yib, raqibiga to'pni oldirib qo'ydi. Medeyrushning zarbasini esa Atanasiadis egallab oldi.

9. Traore fintlar ishlatib, sherigiga to'p uzatdi. Biroq sherigi o'ng qanotga to'pni uzatishda xatoga yo'l qo'ydi.

6. "SHerif" azosi ilk zarbasini amalga oshirdi, noaniq. Hujumni Yaxshiboev boshlagani tahsinga loyiq.

4. Dastlabki daqiqalarda mehmonlar to'pga egalik qilishga harakat qilmoqda.

1. Uchrashuv boshlandi.

Bugungi o'yinni Danni Makkeli boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib bormoqda.

Garchi viloyatlarda chiroq bilan bog'liq muammo bo'layotgan bo'lsa-da, bizning efir chiroqlarimiz sizning futbol dunyongizni yoritib borishga harakat qiladi.

"SHerif" so'nggi 8 o'yinning 6 tasida yutqazmagan. SHuningdek, so'nggi 5 o'yinda o'rtacha 2.40 ta gol urib, 0.80 ta gol o'tkazib yuborgan.

"SHerif" safiga yaqinda qo'shni qozog'istonlik hujumchi Danil Ankudinov kelib qo'shildi. U Yaxshiboevga raqobatchi bo'lishi mumkin, biroq bugun o'zbekistonlik forvard bahsni asosiy tarkibda boshlaydi.

Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! Yaqin ikki soat davomida o'zbekistonlik futbolchi Jasur Yaxshiboev to'p suradigan "SHerif" jamoasi ishtirokidagi bahs guvohi bo'lamiz.

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика