So’nggi yangiliklar

02:58АПЛ. Магуайр майдондан четлатилган ўйинда МЮ "Борнмут" билан жанговар дуранг қайд этди  10 02:29Левандовски масаласи ёпилди  1 02:01Мбаппе "Атлетико"га қарши ўйнашга тайёр  0 01:33"Милан" футболчиларисиз: Италия терма жамоаси ЖЧ-2026 йўлланмаси учун кураш йўлида таркибга кимларни жалб этди?  0 01:10Суперлига. "Сўғдиёна" – "Пахтакор" 2:4  0 00:49"Манчестер Юнайтед" икки футболчиси билан шартномани узайтиради  0 00:20MLS мусобақа форматини тубдан ўзгартирмоқда  1 23:46МЮ "Ньюкасл" етакчиси билан битим тузишга яқин  0 23:25"Боруссия Д" Санчони қайтармоқчи  1 22:50Иван Бошкович: "Тўртта учрашувда бир очко тўплаш балки инқироз бўлса керак"  5 22:35Суперлига. "Насаф" – "Сурхон" 0:1   4 22:27Лига 1 жамоаси футболчиси бир вақтнинг ўзида икки терма жамоага чақирилди  0 22:01Камолиддин Тожиев: "Биз учун асосий таркиб ва захира ўйинчиси деган тушунча йўқ"  4 21:36Англия терма жамоаси таркиби эълон қилинди: Тухель АПЛда ўйнамаган 35 ёшли дарвозабонни чақирди  1 20:55"Челси" етакчисини жамоада сақлаб қолиш учун унга катта маош таклиф қилмоқда  8

Evropa CHempionlar Ligasi: Ertaga ikkinchi tur o'yinlari boshlanadi Yangiliklar

Evropa CHempionlar Ligasi: Ertaga ikkinchi tur o'yinlari boshlanadi

"Barselona"ning bo'sh himoyasi, Mourinoning "Portu"ga qaytishi, Kasilyasning rekordi va Qozog'istonda ECHL. Ushbu hafta ECHLda bo'lib o'tadigan etiborga molik o'yinlar va voqeliklar bilan tanishing.

"Barselona" - "Bayer", seshanba

Qiyin ahvolda qolgan "Barselona"


Kataloniyaliklar ushbu mavsumda 9 ta o'yindan 3 tasida o'z darvozalaridan 4 tadan gol olib chiqishdi va bor yo'g'i 2 ta o'yinda o'z darvozalari dahlsizligini saqlab qoldilar. Umumiy hisobda "Barsa" 17 ta gol o'tkazib yubordi. "Biz himoyadagi o'yinni muhokama qildik biroq, buning foydasi bo'lgani yo'q. Bu borada yana ish olib borishimiz kerak", degandi Luis Enrike mavsum boshlanishidan oldin. Lekin, ko'rib turganingizdek ahvol o'sha-o'sha. Bir tomonda esa Messi jarohat olib, ikki oyga safdan chiqqan...


"Yuventus" - "Sevilya", chorshanba

O'ziga kela olmayotgan "Yuventus"


O'tgan yilgi ikkinchi finalchining ahvoliga ham havas qilib bo'lmaydi. Italiyaning amaldagi chempionlari A Seriyadagi 5 ta o'yindan so'ng bor yo'g'i 5 ochko jamg'ara olganlar. Bir tomondan "Manchester Siti" ustidan qozonilgan g'alaba barchasi joyida ekanligini ko'rsatishi mumkin. Lekin, bu turda turinliklarga oson bo'lmaydi, raqib - "Sevilya".



"Portu" - "CHelsi", seshanba

Mourino "Portu"ga qaytmoqda



"Portu"da mashhurlikka erishgan Joze Mourino sobiq jamoasiga mehmon bo'lib boradi. 2004/05 yilda "CHelsi" bosh murabbiyi sifatida "Dragao"ga tashrif buyurgan Joze o'shanda 1:2 hisobida mag'lub bo'lgandi.

Kasilyas rekordga yaqin


"Portu" sharafini himoya qilayotgan ispaniyalik darvozabon Iker Kasilyas ECHLda 151 ta o'yinda maydonga tushgan. Agar u "CHelsi"ga qarshi o'yinda maydonga tushadigan bo'lsa ECHLda ko'p maydonga tushish bo'yicha Xavini ortda qoldiradi va yangi rekord sohibiga aylanadi.


"Malmyo" - "Real", chorshanba

Raul ortidan quvayotgan Ronaldu


"Real" futbolchisi Krishtianu Ronalduga madridliklar safida gol kiritish bo'yicha Raulning 323 ta gollik rekordini takrorlashiga uchta gol etishmayapti. Olti mavsumda Raulni rekordini takrorlash yaxshigina muvaffaqiyat hisoblanadi.


"Bavariya" - "Dinamo" Zagreb, seshanba

Mag'lubiyatga uchramayotgan zagrebliklar "Bavariya"ga qarshi


Zagrebning "Dinamo"si o'zi ishtirok etayotgan turnirlarda 45 ta o'yindan beri mag'lubiyatga uchramayotgan ekan. Jamoa so'nggi marotaba o'tgan yilning noyabrida "Astra"ga Evropa Ligasi doirasida mag'lub bo'lgan. Birinchi turda "Arsenal" mag'lub etildi. Bu safargi raqib esa jiddiyroq - "Bavariya" va o'yin Myunxenda bo'lib o'tadi.


"Astana" - "Galatasaroy", chorshanba

Qozog'istonda ilk marotaba CHempionlar Ligasi

CHorshanba kuni Qozog'istonda ilk marotaba Evropa CHempionlar Ligasining guruh o'yinlari bo'lib o'tadi. Qo'shnilarimiz o'sha kuni Turkiyaning "Galatasaroy" jamoasini mehmon qiladilar. SHuni takidlab o'tish lozimki, turkiyaliklar 2013 yilning martidan beri safarda bo'lib o'tgan ECHL bahslarida g'alaba qozonmaganlar.


UEFA rasmiy sayti asosida Aziz To'xtamurodov tayyorladi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика