So’nggi yangiliklar

01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  0 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  2 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   3 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  14 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  5 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  7 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  9 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  168 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  7 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  54 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  4 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  9 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  1 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  29 17:44Кьеза Италия терма жамоасига чақирувдан бош тортдими?  3

Evropa chempionatlaridagi eng tezkor gol muallifi: "Jaloliddinov o'sishi kerak bo'lgan iqtidor egasi" Yangiliklar

Evropa chempionatlaridagi eng tezkor gol muallifi: "Jaloliddinov o'sishi kerak bo'lgan iqtidor egasi"

Qozog'istonning "Qayrat" klubi Turkiya yig'ini doirasida Bosniya chempioni "Borac" klubiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi va 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi.

Ushbu bahsdan so'ng "Qayrat" bosh murabbiyi Qurbon Berdievning yordamchisi Dmitriy Kirichenko championat.asia saytiga intervyu berdi. Malumot uchun, Kirichenko Evro-2004da Greciya terma jamoasi darvozasiga 67-soniyada gol urgan va o'sha gol Evropa chempionatlari tarixidagi eng tezkor gol bo'lib turibdi.



- Ko'ryapmizki, jamoa tarkibi ancha yoshardi. Davom etayotgan yig'in va o'rtoqlik o'yinidagi raqib xususida fikr bildirsangiz...
- O'z chempionatida 3-o'rinda borayotgan kuchli jamoaga qarshi o'ynadik. Bu bizning birinchi nazorat uchrashuvimiz edi. Bungacha yaqin orada o'rtoqlik o'yinlarida qatnashmagandik, chunki yig'in boshlanish muddati ozroq cho'zilib ketdi. Albatta, mag'lub bo'lish yoqimsiz, lekin birinchi bahsda oson bo'lmasligini bilardik.

- Jamoaning bu darajada yoshartirilishi jamoa yuqori o'rinlar uchun kurashishida xalaqit qilmaydimi?

- Yo'q. O'ylaymanki, tarkibimiz yosh bo'lsa-da, juda iqtidorli futbolchilardan iborat.

- Jamoada qiziqarli "trio" barpo bo'ldi –
Guljigit Alikulov ("Qirg'izistonlik Messi"), Erkebulan Seydaxmet ("Qozog'istonlik Messi") va Jasur Jaloliddinov ("O'zbekistonlik Messi"). Bu holatni qanday baholaysiz? Ular o'zaro chiqishib ketishadimi?
- Ayni paytda tarkibimizda yosh, lekin shu bilan birga, juda iqtidorli yigitlar jam bo'lishdi. O'yinchilar bu iqtidorni namoyish etishlari o'zlariga va albatta murabbiylarga bog'liq. Ularda xohish kuchli, qilinayotgan mehnat uchun rahmat aytishimiz kerak. Hozir oson emas, ammo hammasi yaxshi bo'ladi va sekin-asta Messining darajasiga chiqishadi (kuladi).

- Norasmiy debyutini o'tkazgan
Jasur Jaloliddinov haqida fikrlaringiz...
- Jasur o'sishi lozim bo'lgan iqtidor egasi. U Rossiyaga bordi, ammo o'zini ko'rsatish nasib qilmadi. Uning o'yinlarini ko'rganman. Hali barchasi oldinda, astoydil mehnat qilib, rivojlanish kerak.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика