So’nggi yangiliklar

21:50Футзал. Ўзбекистон ўртоқлик учрашувида Қозоғистондан устун келган ўйиндан галерея  0 21:25Суперлига. "Насаф" ўз майдонида "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  48 20:23"Ўзбекистон бу салоҳияти билан 3-4 маротаба Жаҳон чемпионатига чиқиши керак эди" — Қозоғистонлик журналист Ербол Каиров билан интервью   8 19:55Сульшер Европа жамоасида иш бошлаши мумкин  1 19:27"Барселона" ҳимоячиларидан бирига янги шартнома тайёрламоқда  1 19:01Манба: Германия клуби "Сўғдиёна" футболчисига қизиқмоқда  5 18:40Айбек Нурбаев: "Жайхун" футболчилари маҳаллий болалардан тузилган, аксарияти энди футболга қадам босган"  0 18:28Ўзбекистон футзал терма жамоаси Қозоғистон устидан ғалабага эришди  4 18:15Артём Петросян: "Бу ғалаба "Олимпик-MobiUz" билан ўйин олдидан руҳий томондан ишонч бағишлайди"  1 17:45Тимур Кападзе Патрик Клюйверт ўрнини эгаллаши мумкин  28 17:24Про лига. Аутсайдерлар тўқнашувида "Олимпик" устун келди  2 16:39"Интер" Англия терма жамоаси ҳимоячиси учун "Ливерпуль" билан курашмоқда  1 16:10Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Японияни мағлубиятга учратди  9 15:46Эксперт фикри. Суперлига 25-тур бошланмоқда. "Насаф" чемпионлик учун яна бир қадам ташлайдими?   6 15:20"Манчестер Юнайтед" афсонаси клубнинг ёзги трансфер кампаниясини танқид қилди  1

"O'zbekiston bu salohiyati bilan 3-4 marotaba Jahon chempionatiga chiqishi kerak edi" - Qozog'istonlik jurnalist Erbol Kairov bilan intervyu Yangiliklar

"O'zbekiston bu salohiyati bilan 3-4 marotaba Jahon chempionatiga chiqishi kerak edi" - Qozog'istonlik jurnalist Erbol Kairov bilan intervyu

So'nggi yillarda O'zbekiston va Qozog'iston terma jamoalari turli yosh toifalarida tez-tez o'zaro bahs olib borishmoqda.

Qozog'istonlik mutaxassis va jurnalist Erbol Kairov bilan suhbatimiz davomida ikki mamlakat futbolidagi farqlar, "Qayrat" klubining yutuqlari va O'zbekiston terma jamoasining bugungi ahvoli haqida so'z bordi. 

— So'nggi yillarda O'zbekiston va Qozog'iston terma jamoalari turli yosh toifalarida tez-tez to'qnash kelmoqda. Sizningcha, bu uchrashuvlardagi eng yaqqol farq nimada?

— Menimcha, O'zbekiston terma jamoalari har tomonlama — texnik jihatdan ham, fikr tezligi jihatidan ham — qozog'istonlik futbolchilardan ustun. Qozog'istonda esa ko'proq jismoniy tayyorgarlik va atletizmga etibor qaratilgan. Shu bois o'yin uslublaridagi asosiy farq ham shunda namoyon bo'ladi.

— "Qayrat" klubining UEFA Chempionlar ligasida qatnashishi — bu Qozog'istonning o'z vaqtida UEFAga o'tgani samarasi, deb bo'ladimi? Axir "Real" bilan o'yinlar o'z-o'zidan bo'lib qolmaydi-ku?

— Bu, avvalo, klubning o'zi olib borgan izchil ishning samarasi. Albatta, bu natijada "Qayrat"ning sobiq prezidenti Qayrat Boranboevning xizmatini aytib o'tish lozim. Agar u kishi bo'lmaganida, UEFA Chempionlar ligasi haqida gap bo'lmasdi. Federaciya yoki boshqa klublarning bu muvaffaqiyatga deyarli aloqasi yo'q. Shu bilan birga, Qozog'istonning UEFAga o'tish jarayonida katta hissa qo'shgan Qozog'iston futbol ittifoqining sobiq vice-prezidenti Tlekbek Akpaevni ham alohida takidlab o'tish kerak.

— Hozirgi O'zbekiston terma jamoasi haqida qanday fikrdasiz? Fabio Kannavaro haqidachi?

— O'zbekiston – Qatar o'yinini shaxsan stadionda tomosha qildim. Sizlar Osiyo chempionlaridan yaqqol ustun edingiz. Bu Kapadze rahbarligida jamoaning jipslashganidan darak. Ilgari ham O'zbekiston termasini qiziqish bilan kuzatardim: Qosimov, Jeparov, Nesterov, Kapadze, Geynrix, Bikmaev kabi futbolchilar davri men uchun eng yorqin davr edi. Afsuski, Jahon chempionati yo'llanmasi faqat bu yilgina qo'lga kiritildi. Holbuki, sizning salohiyatingiz bilan O'zbekiston kamida 3–4 marta u erda bo'lishi kerak edi. Bu erda, albatta, Osiyodagi adolatsiz hakamlik va boshqa omillar ham tasir qilgan. Shu bois Qozog'iston o'z vaqtida UEFAga o'tishni maqul topgandi.

— Sizningcha, Qozog'iston chempionatida o'ynagan eng yaxshi o'zbek futbolchisi kim?

— Men uchun bu, avvalo, Geynrix, Kapadze, Bakaev, Davletov va Bikmaev. Juda afsuski, Jeparov Qozog'istonda uzoq o'ynamadi. Agar u ko'proq vaqt to'p tepganida, shubhasiz, ligamizning yulduziga aylangan bo'lardi.

— Kelasi jahon chempionatida sizningcha, qaysi jamoa favorit va qaysi jamoa kashfiyot bo'lishi mumkin? Masalan, oxirgi musobaqada Marokash shunday bo'lgandi.

— Juda istardimki, kashfiyot jamoa aynan O'zbekiston bo'lsin. Sizning yutuqlaringiz Qozog'iston hukumati va futbol rahbarlarini ham akademiyalar va infratuzilma rivojiga jiddiy etibor qaratishga undaydi. Men har doim O'zbekiston terma jamoasi uchun qayg'uraman va ularga muvaffaqiyat tilayman.

Reyting: +12   

Fikrlar

+4   
16 okt 21:12:39
Alex Daniyarov
Узимизни алдаймайлик, 32та жамоа булганда, халигача орзу килиб юрардик... Зеро хозир ЖЧ чемпионатига чикишни кадри кескин пасайиб кетди
+4   
16 okt 21:00:19
Сахобиддин ...
Soccerland777 foydalanuvchining fikriga javob berish
4.5 йўлланма бўлганда ҳозирам чиқолмасди.
TEMURDAKA, BABAYANDAKA MURABBIYGA ISHONSA KEYINGISIGA HAM CHIQOLMAYDI SHU SAKKIZTALIKDA HAM, YAXSHISI SHU FABIO QOLAVERSIN UZI URNIGA TUSHURIB OLADI TEMUR PROSTA KUP IMKONIYAT BERILGANI VA UNING DAVRIDA UYINCHILAR YAXSHI RAQIB JAMOALARNI KICHSIZROQ DAVRIGA TUGRI KELDI
+3   
16 okt 20:53:54
Soccerland777
4.5 йўлланма бўлганда ҳозирам чиқолмасди.
+2   
16 okt 21:13:46
STENLESS..R
Узбекистонни знг кучли пайт ЖЧга чикиши керак зди М.Косимов Гейнрих Жепаров найти араблани найранг аёрлиги сабаб чиколмадик Козок журналисти хак гапни айтибди
   
16 okt 22:24:11
Odiljon
Тогриси 4та лимит болганда чиколмасдик Инфантино рахмат8та лимит берди Карагер деган фикрини ешитдиларми булар Билан ж ч Ти зерикарли болади деб езибди Биз нима деймиз Англия хаетда чемпион болмайди
   
16 okt 22:03:50
uzb
Мақолани бошини озро уқидим,мақтанишмасу қозоқ лигаси хар доим узбек лигасидан анча пастро даражада булган,хозир хам шундай,нимагаки бизда узини курсатолмаганлар қозоқа бориб туп урар ледирга аланиб кетишарди,масалан охирги йиларда Бобур Абдухолиқов қозоқни яхши бамбардирларидан бирига айланиб улгурганди,уни Насафга олиб келишди унга гол уриш армонга айланиб қолганини кургандек,қозоқни УЗБ бунгача бир неча бор ЖЧга чиқиши керак эди деган фекрига мутлоқо қушилмайман,чунки осиёда хам УЗБдан анча кучли булган термалар куп,қозоқ уйлагандек осиё футболи уйинчоқдек осон эмас
   
16 okt 21:54:58
Futbol Uchun
Раҳмат қозоқ қардошимизнинг чин юракдан билдирган фикрлари учун.Албатта Қозоғистоннинг ютуқларидан биз ҳам хурсанд бўламиз.
   
16 okt 21:43:38
Мирзаев Б
Сахобиддин ... foydalanuvchining fikriga javob berish
TEMURDAKA, BABAYANDAKA MURABBIYGA ISHONSA KEYINGISIGA HAM CHIQOLMAYDI SHU SAKKIZTALIKDA HAM, YAXSHISI SHU FABIO QOLAVERSIN UZI URNIGA TUSHURIB OLADI TEMUR PROSTA KUP IMKONIYAT BERILGANI VA UNING DAVRIDA UYINCHILAR YAXSHI RAQIB JAMOALARNI KICHSIZROQ DAVRIGA TUGRI KELDI
Шунакаям бемаьни фикр буладими, темурни даврида бирорта ютказдими еки катанец давридака расво уйинлар килдими уйлаб езиш керак сабаби темур узимизи кадр хорижиймас шуни учун екмайди олимпиадага олиб чиккани бу хакикий профессионаллик
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика