Evropa chempionatiga yo'llanmani qo'lga kirita olmagan SHveciya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini tark etdi
20 noy 2023 08:41
Yangiliklar
Evropa chempionatiga yo'llanmani qo'lga kirita olmagan SHveciya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini tark etdi
Yanne Andersson SHveciya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini tark etdi.
Uning jamoadagi so'nggi o'yini Evro-2024 saralashida Estoniya bilan uchrashuv (2:0) bo'ldi.
SHvedlar Belgiya, Avstriya, Ozarbayjon va Estoniya bor guruhda uchinchi o'rinni egallab, Evropa chempionatiga yo'llanma qo'lga kirita olmadi. SHuningdek, Andersson qo'l ostida shvedlar JCH-2022 yo'llanmasini ham qo'lga kirita olmagandi. Biroq Andersson terma jamoa bilan bungacha Evro-2020 va JCH-2018 da ishtirok etgan.
SHveciyalik mutaxassis 2016 yildan buyon o'z mamlakati jamoasiga ustozlik qilib kelardi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
"Нефтчи" чемпион бўлган охирги мавсумда ўзбек ва дунё футболи қандай эди?
Эшитдик-да! Кападзе Индонезия терма жамоаси бош мураббийи бўлишга яқин
Fikrlar