"Everton" Jonatan Devidga qiziqmoqda
18 okt 2022 14:17
Yangiliklar
"Everton" Jonatan Devidga qiziqmoqda
Angliya klubi Franciyaning "Lill" klubi hujumchisini tarkibga qo'shib olish haqida o'ylayapti.
SHunday bo'lsa-da, Mersisayd klubi aniq taklif bilan chiqmagan. Jamoaning kanadalik o'yinchini o'ziga og'dirish imkoniyatlariga yuqori baho berilmayapti. Futbolchining o'zi Evropaning biror giganti safida o'ynashni istaydi. "Lill" esa asosiy azolaridan birini 50 mln evrodan kamiga berib yubormoqchi emas. U bilan tuzilgan shartnoma 2025 yilga qadar amalda bo'ladi.
22 yoshli Jonatan Devid ushbu mavsum Franciya chempionatida 11 ta bahsda ishtirok etdi va 9 ta gol urib, 2 bor sheriklariga golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining ayni damdagi bahosi 45 mln evroni tashkil etadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Расман: Драган Черан — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar