So’nggi yangiliklar

16:24"Интер" 2025/26 мавсум учун учинчи формани тақдим этди. У "2000-йилларда жамоани яхши кўрганлар ва бугун уни севувчиларга" бағишланган  1 15:49"Барселона" Хасбуллани "Камп Ноу"га таклиф қилди  4 15:18Бунақаси Месси фаолиятида биринчи марта юз берди  3 14:43Воҳа дербиси олдидан "Машъал"да катта йўқотишлар  1 14:15"Ювентус" узумзор акс этган формасини тақдим этди  2 13:42Суперлиганинг 21-турини ўтказиб юборадиган футболчилар рўйхати  1 13:19Роналду 30га кирганидан сўнг Португалия сафида 89 та гол урди  10 12:37Ибраима Конате "Ливерпуль"га уч марта "йўқ" деди. Клуб унинг "Реал"га ўтишига кўниб бўлди  9 12:15Бразилия ЖЧ саралашида 5-ўринни эгаллади – бу тарихидаги энг ёмон натижа  3 10:56Ла Лигада ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  6 10:30ФИФА президенти Қатардаги портлашларга муносабат билдирди  13 10:02Қизил карточка, эҳтимолий пенальти ва четлатиш. "Алё, рэф!" ҳакамларнинг Ўзбекистон - Эрон учрашувидаги қарорларини таҳлил қилди  30 09:37Эшитдик-да тасдиқланди. Шерзод Игамбердиев расман ЎФАдан кетди  21 09:11Суперлига. Бугун ФИФА кунларидан сўнг навбатдаги турга старт берилади  6 08:40Криштиану Роналду яна бир рекордни такрорлади  11

Esingizdami? Risqullaev "Lokomotiv" foydasiga shubhali penalti qo'ygandi Yangiliklar

Esingizdami? Risqullaev "Lokomotiv" foydasiga shubhali penalti qo'ygandi

O'yin boshlanishiga kam vaqt qolganida "Paxtakor" - "Lokomotiv" bahsida hakam o'zgardi.

PFL sayti xabar berganidek, bugun bo'lib o'tadigan O'zbekiston Kubogining 1/4 finalidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Lokomotiv" uchrashuvini Viktor Serazetdinov boshqarishi kerak edi. Ammo o'yin startiga kam vaqt qolgan bir paytda to'satdan bosh hakam o'zgardi.

Endilikda bu uchrashuvni Ahrol Risqullaev boshqarib boradi. Oliy darajadagi o'yinlarni boshqarishni boshlaganiga hali ko'p bo'lmagan Risqullaev bu mavsum asosan Superliganing 8-turidan o'rin olgan bahsda yo'l qo'ygan xatosi bilan yodda qolgan. O'shanda u "Bunyodkor" - "Lokomotiv" bahsida hakamlik qilgandi.

Esingizda bo'lsa, o'sha uchrashuvda "Lokomotiv" mehmonda 2:1 hisobida zafar quchgan, o'yinning 86-daqiqasida "temiryo'lchilar" penaltidan to'p kiritishgandi. "Bunyodkor" darvozasi tomon penalti belgilanishi juda g'alati bo'lgandi. Mezbonlar himoyachisi Anvar G'ofurov jarima maydonchasi tashqarisida Marat Bikmaevdan to'pni uzoqlashtirgan, buning natijasida Bikmaevning yiqilishi tufayli Risqullaev ikkilanib penalti belgilagandi.

Unga qanotda yordam bergan Alisher Usmonov esa penalti bo'lgani haqida signal bermagan, chunki bayroqchasini ko'tarmagandi. Risqullaev dastlab orqaga qaytib, keyin yana yugurib kelib oxiri nuqtani ko'rsatgandi. Xullas, rosa mashmasha bo'lgandi.

PFL o'z saytida bugungi uchrashuv hakami o'zgarganini o'yin darajasi yuqoriligi bilan izohladi. Bu oldindan malum edi, chunki chorak final bitta uchrashuvdan iborat. Qolaversa, maydonda ikkita eng kuchli jamoa o'ynaydi. SHu bois PFLning nima sababdan vaqtliroq bu haqda o'ylab ko'rmagani g'alati. Umid qilamizki, bugungi bahs haqqoniy va hech qaysi tomonning etirozisiz o'tadi.

Reyting: -34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика