Eshitdik-da! SHamsievga Superliganing 2 klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda
11 dek 2023 13:13
Yangiliklar
Eshitdik-da! SHamsievga Superliganing 2 klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda
"Championat.asia" olgan malumotga ko'ra, o'tgan mavsumning 2-davrasini "Surxon"da o'tkazgan himoyachi Behzod SHamsievga Toshkentning 2 klubi "Bunyodkor" va "Lokomotiv" jiddiy qiziqish bildirmoqda. Har ikkala jamoa vakillari futbolchiga ancha oldindan aloqaga chiqishgan va uni o'z jamoalarida ko'rmoqchi ekanliklarini malum qilishgan. Bundan tashqari, "Surxon" jamoasi ham SHamsievni jamoada olib qolmoqchi. Himoyachining "Olimpik" bilan shartnomasi 31 dekabr kuni o'z nihoyasiga etadi.
SHamsiev termizliklar safida qoladimi yoki Toshkent klublaridan biriga o'tadimi, buni vaqt ko'rsatadi.

Eslatib o'tamiz, 22 yoshli SHamsiev ortda qolgan mavsum "Olimpik" va "Surxon" tarkibida Superliga va O'zbekiston kubogida jami 24 ta o'yinda maydonga tushgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar