Eshitdik-da! "Navbahor" futbolchisi "Neftchi"ga o'tadi
21 dek 2021 13:15
Yangiliklar
Eshitdik-da! "Navbahor" futbolchisi "Neftchi"ga o'tadi
Farg'onaning "Neftchi" klubi o'z tarkibini Namanganning "Navbahor" jamoasi azosi bilan kuchaytirish arafasida turibdi. "Championat.asia" saytiga malum bo'lishicha, "lochinlar"ning chap qanot himoyachisi Mirzohid G'ofurov "Neftchi"ga o'tadi. Yodingizda bo'lsa, 11 dekabr kuni saytimizda Stanislav Andreev "Navbahor"ga o'tayotgani haqida xabar bergan edik. Kecha esa "Navbahor" matbuot xizmati Andreev namanganliklar bilan birga mashg'ulotlarni boshlagani aks etgan suratni chop etgandi. G'ofurov esa kechagi mashg'ulotda yo'q edi.
M.G'ofurov "Navbahor"ga 2017 yil "Mashal"dan o'tgandi va o'shanda jamoada Ilhom Mo'minjonov bosh murabbiy edi. Demak, Mo'minjonov sobiq shogirdini chorlamoqda.

Eslatib o'tamiz, 33 yoshli Mirzohid o'tgan mavsum "Navbahor" tarkibida Superligada 25ta o'yin o'tkazib bitta gol urdi va ikkita golli pas berdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
Fikrlar