Eshitdik-da! Ivan Boshkovich "Bunyodkor" o'rinbosarlari ustoziga aylandi
05 iyu 2022 21:35
Yangiliklar
Eshitdik-da! Ivan Boshkovich "Bunyodkor" o'rinbosarlari ustoziga aylandi
So'nggi yillarda "Bunyodkor" tizimida ishlab kelayotgan Ivan Boshkovich "Bunyodkor" U-21 bosh murabbiyi etib tayinlandi.
Malumotlarga ko'ra, chernogoriyalik mutaxassis endilikda "Bunyodkor" U-21 jamoasiga ustozlik qiladi.
Bungacha jamoani Abduhamid Qodirov boshqarib kelayotgandi. Jamoa o'tgan mavsum uning qo'l ostida U-21 chempionatida 4-o'rinni band etgandi.
Qayd etish joiz, 17 iyulga qadar Toshkentda shug'ullanadigan "Bunyodkor" o'rinbosarlari 18 iyul kuni Xorvatiyaga yo'l olishadi. Evropadagi yig'in 30 iyulga qadar davom etadi.
Eslatib o'tamiz, Boshkovich 2011-2012 yillarda Qarshining "Nasaf" jamoasidagi yorqin o'yinlari bilan ishqibozlar ko'nglidan joy olgan. U "ajdarlar" tarkibida 51 ta o'yin o'tkazib, 20 ta gol urgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Месси МЛСдаги танаффус пайтида Саудия Арабистони клубига ўтмоқчи эди, аммо саудияликлар бунга рози бўлишмаган
Суперлига. "Шўртан" голларга бой ўйинда ОКМКни мағлуб этди
ЎзФҲМ Найим Қосимовга финалдаги ҳаракатлари учун неча баҳо қўйгани маълум
Fikrlar