Eshitdik-da! "Energetik-BGU" bosh murabbiyi lavozimini tark etdi va O'zbekistonda ish boshlaydi
01 fev 2022 19:35
Yangiliklar
Eshitdik-da! "Energetik-BGU" bosh murabbiyi lavozimini tark etdi va O'zbekistonda ish boshlaydi
Muxlislar uchun kutilmagan yana bir yangilik.
Belarus chempionati vakili "Energetik-BGU" jamoasida murabbiy o'zgardi. SHu vaqtgacha klubda faoliyat yuritib kelgan mutaxassis Vladimir Belyavskiy lavozimini tark etdi. Bizga etib kelgan malumotlarga ko'ra, Belyavskiy "Odil Ahmedov" futbol akademiyasi (avvalgi "Odil Junior")da bosh murabbiy sifatida ish faoliyatini boshlaydi. Ushbu murabbiy Jasur Yaxshiboev, SHahboz Umarov, Ilya SHkurin kabi futbolchilarning rivojlanishi va kuchli klublarga yo'l olishida jonbozlik ko'rsatgan.
Minskliklar matbuot xizmati mutaxassisga minnatdorchilik bildirib, uning o'rniga Pavel Rodnenok tayinlanganini elon qildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...
Fikrlar