Ertaga U-23 Osiyo chempionati saralashidan oldin matbuot anjumani bo'lib o'tadi
20 mar 2019 12:24
Yangiliklar


Ertaga U-23 Osiyo chempionati saralashidan oldin matbuot anjumani bo'lib o'tadi
Mazkur saralash o'yinlarida O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Hindiston va Tojikiston terma jamoalari bilan kuch sinashadi.
Ertaga uchta terma jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tadi. Matbuot anjumani soat 14:00da "Paxtakor" stadionida boshlanadi. Barcha turdagi OAV xodimlarini mazkur tadbirga taklif etamiz. Matbuot anjumanidan keyin jurnalistlarga musobaqa uchun akkreditaciyalar taqdim qilinadi.
Etiboringizga Toshkentda bo'lib o'tadigan U-23 Osiyo chempionati saralash bahslarining taqvimini havola qilamiz:
"F" guruhi
22 mart, soat 17:00
O'zbekiston - Hindiston ("Paxtakor" stadioni)
24 mart, 17:00
Tojikiston - Hindiston ("Paxtakor" stadioni)
26 marta, 17:00
O'zbekiston - Tojikiston ("Paxtakor" stadioni)
O’xshash yangiliklar

Fikrlar