So’nggi yangiliklar

19:02Нико Уильямс жароҳати сабаб Испания терма жамоаси ўйинларини ўтказиб юборади  0 18:39Ўзбекистон МТЖ Эронга қарши ўйин олдидан расмий машғулот ўтказди ГАЛЕРЕЯ  6 18:21"Футбол олами". Фарғонадаги "Аср финали" қандай ўтди?   4 18:13Аббос Файзуллаев: "Таркибимиздаги барча футболчилар ўз чемпионатларида яхши формага кириб олишди. Бу бизга анча қўл келади"  2 17:39ПСЖда можаро: футболчилар Луис Энрикенинг тактикасидан норози  1 17:12Сердар Азмун: "Ўзбекистон терма жамоаси сўнгги маротаба бизга жиддий муаммо туғдирганига 12 йил вақт бўлди"  34 16:58Икки турда максимал натижа: Эрон устидан тарихий ғалабага эришамиз(ми)?  7 16:36"Барселона" Войцех Шенснини Чемпионлар Лигаси учун рўйхатдан ўтказди  1 16:07"Коринтианс" молиявий муаммолар гирдобида: Депай Бразилияни тарк этиши мумкин  1 15:38"Бавария" Мусиала билан шартномани янгилаб қўймоқчи  0 15:07"Ливерпуль" ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  2 14:40"Арсенал" "Лейпциг" ҳужумчисини сотиб олиш режасидан воз кечмаган  0 14:14Хавига МЮда ишлаш варианти таклиф этилмоқда  10 13:49"Байер" ярим ҳимоячиси "Бавария"га ўтмоқчи  1 13:21Амир Ғаленои: "Биз дастлабки икки учрашувда гол ўтказиб юбормаган ягона жамоамиз. Эрон – дунёдаги энг яхши мамлакат"  17

Ertaga OFKning “Ommaviy-bolalar futboli kuni”ga bag'ishlangan festival bo'lib o'tadi Yangiliklar

Ertaga OFKning “Ommaviy-bolalar futboli kuni”ga bag'ishlangan festival bo'lib o'tadi

Teglar :  OFKO'FA
2018 yil 15 may kuni O'zbekiston futbol Associaciyasining suniy qoplamali maydonlarida umumtalim maktablarining 2009 yilda tug'ilgan o'g'il bolalar hamda 2007 yilda tug'ilgan o'quvchi qizlar o'rtasida OFKning “Ommaviy bolalar futboli kuni”ga bag'ishlangan festival bo'lib o'tadi.

Festival davomida yosh ishtirokchilar maydonda o'zlarining mahoratlarini namoyish etadilar. Ishtirokchilar guruhlarga bo'linadilar va har bir guruhga alohida murabbiy tayinlanadi. So'ngra har bir guruh o'ziga ajratilgan maxsus jihozlangan joylarga borib, murabbiylari bilan birgalikda estafeta, to'p muomalasi, to'pni qo'lda o'ynash, yugurish hamda to'p nazorati bo'yicha  mashg'ulotlar o'tkazishadi.

Futbol festivali davomida murabbiylar ishtirokchilarni futbolning sir-asrorlari bilan tanishtirishadi. Tadbir so'ngida ishtrokchilar sertifikat bilan taqdirlanadilar.

Qayd etish zarurki, bunday tadbirlar yosh sportchilarga katta sportga o'zlarining ilk qadamlarini qo'yishlarida hamda bo'lajak musobaqalarga tayyorlanishlarida dasturul amal bo'lib xizmat qiladi.

Avval xabar berib o'tganimizdek, O'zbekiston ikkinchi marotaba “Futbol do'stlik uchun” keng qamrovli ijtimoiy loyihasida ishtirok etadi. Ushbu loyiha doirasida butun dunyo bo'ylab “Futbol va do'stlik” kuni nishonlanadi. Butun dunyo bolalari va ularning ota-onalari ushbu bayram munosabati bilan o'tkaziladigan futbol bilan bog'liq turli tadbirlarda qatnashadilar.

Toshkentda “Futbol va do'stlik” kuni OFKning “Bolalar ommaviy futboli kuni”ga bag'ishlangan futbol festivali doirasida o'tkaziladi.

Ushbu futbol festivalida “Futbol do'stlik uchun – 2018” dasturining O'zbekistondagi yosh elchilari — “Bunyodkor” futbol maktabining o'quvchisi, darvozabon Muslim Abdumannopov hamda yosh jurnalist Mardon Marupov ishtirok etadilar.

Tadbir so'nggida yosh elchi hamda jurnalist festival davomida tanishgan ko'plab do'stlarining qo'llariga do'stlik bog'ichlarini taqib qo'yadilar.

Eslatib o'tish joizki, “Futbol do'stlik uchun” bolalar ijtimoiy loyihasi “Gazprom”ning “Gazprom - bolalarga” dasturi doirasida tashkillashtiriladi. Ushbu loyihaning maqsadi – bolalar futbolini rivojlantirish, bag'rikenglik tuyg'usini shakllantirish, turli mamlakat yoshlari o'rtasida do'stlik o'rnatishdir. Ishtirokchilar targ'ib qiladigan asosiy qadriyatlar – do'stlik, tenglik, adolat, sihat-salomatlik, tinchlik, sadoqat, g'alaba va urf-odatlardir.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика