So’nggi yangiliklar

21:02Туркия Суперлигаси. "Башакшехир" ўз уйида "Аланяспор"ни мағлуб этолмади, истанбулликларнинг ягона голига Шомуродов муаллифлик қилди  15 20:52БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" "Ал Васл"га мағлуб бўлди, Ғаниев 59 дақиқа ўйнади  1 20:25АПЛ. "Арсенал" - "Манчестер Сити" 0:1 (матнли трансляция)  9 19:37Родри: "Арсенал"дан қасос олишимиз керак"  5 19:18"Арсенал" — "Манчестер Сити". Ҳусанов асосий таркибда  29 19:15"Қизилқум" — "Насаф" 0:0 (Матнли трансляция)  29 18:50Усмоновнинг сўнгги сонияларда киритган голи "Андижон"ни мағлубиятдан қутқариб қолди  25 18:36"Мальорка" — "Атлетико". Таркиблар маълум  0 15:26"Манчестер Юнайтед" Вальверде эвазига "Реал"га ўз футболчисини беришга тайёр  7 14:38"Арсенал" 80 млн евролик испанни харид қилмоқчи  2 13:58Левченко: "Нега ғалабани мухлислар билан нишонламайман? Барчаси ўйиндаги асаб ва руҳий чарчоқ сабаб"  5 13:14Фергюсон "Манчестер Юнайтед"га қайтмоқчи эканини тан олди  17 12:35Аморимнинг "Реал"даги трансфер мақсади маълум бўлди  6 11:56"Реал" "Ливерпул"нинг навбатдаги юлдузини нишонга олди  11 11:20Месси МЛС тўпурарлар пойгасида етакчилик қилмоқда - 22 та ўйинда 22 та гол  5

"Ertaga eng muhimi muxlislar o'yindan zerikib qolishmasin" - Artur Gevorkyan O'zbekiston - Turkmaniston uchrashuvi oldidan Yangiliklar

"Ertaga eng muhimi muxlislar o'yindan zerikib qolishmasin" - Artur Gevorkyan O'zbekiston - Turkmaniston uchrashuvi oldidan

O'zbekiston - Turkmaniston uchrashuvi Markaziy Osiyo derbisi sifatida katta qiziqish uyg'otmoqda.

Xususan, muxlis va mutaxassislar ham o'zlarining turli fikrlari, munosabatlarini bildirishyapti. Mazkur bahs oldidan o'zbekistonlik ayniqsa "Nasaf" muxlislari yoqimtoyi, turkmanistonlik Artur Gevorkyanga bir nechta savollar bilan yuzlandik. Uning fikrlari quyidagicha bo'ldi. 


- So'nggi marotaba "Axal" jamoasida to'p tepdingiz. Ko'pchilikni qiziqtirayotgan savol Artur Gevorkyan hozir qaerda? Futboldamisiz yoki faoliyatingizni boshqa soha bilan bog'ladingizmi?

- Avvalo O'zbekistondagi barchaga alangalik salomimni yo'llayman. Men allaqachon futbolda emasman. Biznes, oila, shaxsiy yumushlar bilan shug'ullanyapman. Oilamga vaqt ajratmoqdaman. 

- "SHo'rtan", "Paxtakor", "Nasaf", "Lokomotiv", "Qizilqum". Qaysi jamoaning natijalari ko'proq etiboringizda turadi?

- Biror jamoani ajratib ko'rsatmoqchi emasman. Har bir jamoada yaxshi yigitlar jamlangan. O'zining ajoyib muxlislariga ega. Lekin men "Nasaf" bilan ko'p narsaga erishdim, hech qaerda olmagan tajribamni oldim. Buning uchun barcha murabbiylar va hamkorlarga rahmat aytishni unutmasligim kerak. 

- "Nasaf" haqida fikringizni davom ettirsak. CHempionlik uchun jamoaga nima etishmayapti?

- "Nasaf"ni to'xtatmay kuzatib boraman. Murabbiylarning tizmli ishiga shunchaki qoyil qolish kerak. Ularning ayrimlari bilan hamon muloqot qilib turaman. Bunday barqarorlikni, klub oldiga qo'yilgan vazifalarni bajarilishini  hech qachon ko'rmaganman. Ularga bir kun baribir chempionlik kubogini qo'lga kiritishlarini tilayman. Xudo xohlasa klub bu ishni uddasidan chiqadi.  

- Dragan CHeran sizdan keyingi "Nasaf" va O'zbekistonning eng yaxshi legioneri bo'ldimi? 

- U juda yaxshi ijrochi. Har yili ko'rsatadigan o'yinlari O'zbekistondagi eng yaxshi hujumchilardan biri ekanligidan dalolat beradi. Omad tilayman. 

- O'zbekiston - Turkmaniston qarama-qarshiligidan qanday o'yin kutyapsiz?

- Eng muhimi stadionga kelgan muxlislar zerikib qolishmasin. Jamoalar chiroyli va tomoshabop futbol bo'lsin. Albatta uchrashuvni tomosha qilaman. Menga ham bu qiziq. 

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика