Eron U20 terma jamoasi bosh murabbiyi: "Iroq o'zi yaratgan yagona vaziyatdan foydalandi va g'alaba qozondi"
11 mar 2023 22:01
Yangiliklar
Eron U20 terma jamoasi bosh murabbiyi: "Iroq o'zi yaratgan yagona vaziyatdan foydalandi va g'alaba qozondi"
- Bugungi uchrashuv haqida fikrlaringiz?
- Biz o'yinni reja qilganimizdek o'tkaza olmadik. Iroqliklar ko'pgina kurashlarda birinchi bo'lishdi, ular bizdan ko'ra ko'proq kurashishdi. Iroq terma jamoasini g'alaba bilan tabriklayman.
- Iroq uchrashuv davomida bergan yagona zarbasidan gol urdi, bugungi uchrashuvda iroqlik futbolchining individual mahorat sabab, jamoangiz mag'lub bo'ldimi?
- Iroq terma jamoasi bita imkoniyat yaratdi va gol urdi. Biz esa ushbu ishni bajara olmadik, o'yin so'ngida ko'p xujum qildiq, vaziyatlar yaratdik, lekin gol ura olmadik, afsuski.
- Bugungi uchrashuvda jamoangiz havfli vaziyatlar yarata olmadi va zerikarli o'yin o'tkazdi, bugungi namoyish etgan o'yinlaringiz, jahon chempionatiga yo'llanmasiga arzir edimi?
- Bugungi uchrashuv jahon chempionatiga yo'llanma bergani sabab, juda muhim edi. SHu sabab, ikkala jamoa ham tavvakal qilishni istamadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
Fikrlar